Категория: Yulduzlar yog`dusi Дата публикации Просмотров: 172

E’tibor berayotgan bo’lsangiz, ayni paytda “Nihol” mukofoti sovrindori Adham Soliyevning yangi konsert dasturi haqidagi reklama e’lonlari namoyish etilyapti. 2011 yilni o’ziga xos tarzda ijobiy yakunlagan xonandamiz 2012 yilning boshidan yana tashabbusni o’z qo’liga olmoqchiga o’xshaydi. Suhbatimizga aynan uni qahramon qilib tanlaganimizning sababi ham shunda. Ko’raylikchi, Adham Soliyev o’tgan yilgi sarhisobi va bu yilgi rejalarini nimalarda aks ettirar ekan...
— Konsertingiz o’tgan yildagidan farq qiladimi yoki...
— Agarda o’tgan yildagidan farq qilmasa yangi konsert deyishning hojati yo’q. Bunda albatta yangi qo’shiqlar bo’ladi, qiziqarli sahna ko’rinishlari va tomoshabin uchun nimadir sovg’alar ham tayyorlaganimiz rost. Lekin uni hozir birma-bir aytsak, konsertga kiruvchilar uchun qiziqarli joyi qolarmikan, nima deb o’ylaysiz?
— Mayli, shartmas. Qashqa-Surxon yo’nalishida “Surxon” guruhini aytmasa boshqa konsert bera oladigan san’atkorlar jimib qolishgani sizga foyda bo’lyaptimi, nima deb o’ylaysiz?
— Nega endi, ular konsert bergan paytlarida ham men o’z dasturlarimni havola etganman. Har kimning o’z muxlisi va o’z tinglovchisi bo’ladi. Men maydonda hech kim yo’q payt ot qamchilaydiganlar toifasiga kirmayman!
SUHBATNING DAVOMI YAQIN SOATLARDA!!!

MUSAXON NURMATOV UNGA FOYDALIMI yoki ULUG’BЕK BAXSHI?
“SHAHZODA ZIYODAGA AYT” QO’SHIG’INING SIRI OCHILDI!
UYLANGANIDAN KЕYIN QAYSI ODATIDAN VOZ KЕCHDI?
O’TKAZIB YUBORMANG!