Mashhur.uz

Switch to desktop Register Login

Ошибка
  • JUser: :_load: Не удалось загрузить пользователя с ID: 43

YIL BOSHIDAN SARDOR RAHIMXON FAOLLIKNI O`Z QO`LIGA OLADI! 12 YANVAR “ZAMIN FM” va “VODIY SADOSI”DA PREMERA: “MOHITOBONIM”…

2011 yilning muvaffaqiyatlaridan so’ng 2012 yilni undan ham omadli bo’lishi harakatida ijodni boshlagan xonanda yangi yil kechasi “Yoshlar” kanalining yangi yil bazmida kuylagan “Mohitabonim” taronasini radito`lqinlar uzra premera qilishni reja qildi. Bunaqasi hali bo’lmagandi. Odatda qo’shiq dastlab radioda yangrar, so’ngra bir oz vaqt o’tib qo’shiqning klipi xalq e`tiboriga havola etilardi. Bu gal hammasi boshqacha. Ya`ni oldin Tv keyin esa radio. Mayli bu ham Sardorning yangicha usulidir! Demak, premera kuni aniq. 12 yanvar “Zamin FM” hamda “Vodiy sadosi” radiosida “Mohitabonim” qo`shig`ini birgalashib tinglaymiz. Qolaversa bu qo`shiqqa “Yilning eng yaxshi klipmeykeri” nominatsiyasi g`olibi Narimon Sultonxo’jayev klip ham suratga olishni boshlab yubordi. Hademay, klipni ham tomosha qilamiz.

2006-2012 Mashhur.Uz

Top Desktop version