Mashhur.uz

Switch to desktop Register Login

Ошибка
  • JUser: :_load: Не удалось загрузить пользователя с ID: 43

FARHOD va SHIRINNING YANGI YIL SHOULARI. YANGI DUETNING ISHLARI TEZ YURISHMOQDA. BIRATO`LA 8 QO`SHIQ, IKKI KLIP TAYYOR!

Yaqindagina duet shaklida ijodni boshlagan bu ikki xonandaning shunchalik tez omadi chopadi, deb hech kimning xayoliga kelmagandi. Buni qarangki, hali hech qancha vaqt bo`lmagan bo`lsa-da Farhod va Shirin allaqachon 8 ta qo`shiq yozib ulgurdi. Buning istiga ikkita klip ham tayyor. Bir kelsa qo`sha-qo`sha deganlaridek, ushbu duetga Samarqand, Qashqadaryo, Navoi, Buxoro viloyatlaridan bir necha o`nlab yangi yil bayramlarini o`tkazish uchun takliflar yo`g`ilsa deng. Ayni damda Buxoroda bayram shoularini o`tkazayotgan Farhod va Shirin 2012 yilni maydondagi baland archa ostida kutib olishga qaror qilishibdi. Negaki, yangi yil shukuhi aynan shu jarayoni bilan qiziq, deydi, — Shirina. Nima ham derdik, bu ikki ijodkorning tilaklariga qo`shilamiz. Zero, haqiqatdan Yangi yilni yaxshi kutib olsang, yil bo`yi ana shu kayfiyat seni tark etmasligi aniq. Omad, yoshlar!

2006-2012 Mashhur.Uz

Top Desktop version