Mashhur.uz

Switch to desktop Register Login

Ошибка
  • JUser: :_load: Не удалось загрузить пользователя с ID: 43

ULUG’BЕK RAHMATULLAYЕV MALAYZIYAGA YO’L OLADI. UNDAN OLDIN ESA MASHHUR.UZ ORQALI BARCHAGA EKSKLYUZIV SOVG`ANI TAQDIM ETADI!

Bu yil ijodiy sermahsulligi bilan muxlislar ko’nglini xushnud eta olgan Ulug’bek Rahmatullayev 2012 yilni ham shunday samara bilan boshlamoqchi ekanligini ma’lum qildi. Buning isboti tariqasida esa u klipmeyker Narimon Sultonxo’jayev bilan 2 yanvar kuni Malayziyaga yo’l oladi. U yerda xonanda 2012 yilning dastlabki qo’shig’iga klip suratga olib qaytishadi. Deyarli yettita yangi xit qo’shig’i bilan tom ma’noda 2011 yilning eng yaxshi xonandalaridan biriga aylangan Ulug’bek Rahmatullayev 2012 yilda bundandan katta yangiliklarni taqdim etmoqchi. Jumladan, yangi konsert dasturiga ham tayyorgarlikni boshlab yuborgan. Ushbu yangilikni taqdim etar ekan, xonanda aynan bizning portalimiz orqali o’z muxlislariga va Vatandoshlarimizga o’zining samimiy tashakkurlarini ham izhor etadi. Quyida xonanda o’z qo’li bilan yozgan dil izhorlarini o’qishingiz mumkin.   

 

SIZGA SOG’INGANLARIM...

Mana azizlar yana bir yil o’z poyoniga yetib, yangi yil eshik qoqmoqda. 2012 yil ostonasida o’zimning eng sevimli internet portalim orqali sizlarga dilimdagi tilaklarimni yo’llashni niyat qildim. Negaki, o’tayotgan lahzalarda tilimga shukronalik keldi. Ochig’i, bundan 9-10 yil ilgari har yangi yilda sevimli san’atkorlarimizning muxlislarga yaxshi tilaklarni tilayotganini, yangidan yangi qo’shiqlar kuylab ekran qarshisiga yig’ilgan jamiki yurtdoshlarimizni xursand qilishayotganini ko’rganimda yuragim orziqib ketardi. O’sha paytlarda vaqti kelib men ham shu yurtning bir san’atkori sifatida mana shunday ezguliklarga tilakdosh bo’laman, deya niyat qilgandim. Shukrki, yillar zamirida qalbimdagi bor ezgu tuyg’ularimni kuyga solib, ularni tinglovchilarga havola eta oldim. Kichikkina ijodimning bugun shunchalik qadrlanib, o’z muxlislarini topgani va shu orqali san’at olamida Ulug’bek Rahmatullayev nomining yuzaga kelgani ayni daqiqalarda qalbimda o’zgacha bir hissiyotni yuzaga keltiryapti Zero, san’atkor uchun bundan ortiqroq baxt yo’q ekan. Har gal “Ulug’bek aka yangi qo’shig’ingiz yaxshi chiqibdi, maza qilib tingladik” yoki “biz sizning muxlisingizmiz, dastxat qo’yib bering”, degan jumlalarni eshitganimda san’at olamida bekorga yurmaganimni his qilaman.

 

Qo’shig’ingdan nimadir olishyaptimi, demak, yanada olg’a intilsang bo’ladi, yanada yaxshi qo’shiqlar kuylasang bo’ladi, degani bu. Menga ana shunday imkoniyatlarni yaratib berayotganingiz uchun siz aziz muxlislarga mingdan ming tashakkurlar aytaman. O’tgan yetti yil mobaynida meni qo’llab-quvvatlab kelgan muxlislarimga, vaqti kelganda yonimda yelkadosh bo’lgan do’stlarimga, doimiy ko’makdoshim bo’lgan ijodiy jamoamizning barcha a’zolariga, Vatanimizning har bir fuqarosiga bayram muborak bo’lsin, deyman. Kirib kelayotgan yangi yil barchamizning xonadonimizga unutilmas quvonchlar olib kelsin. Tinchlik, xotirjamligimiz abadiy bo’laversin. Yurtimizning bundanda gullab-yashnashi uchun qo’limizdan kelgan jamiki, mehnatimizni ayamaylik! Har biringizga sog’lik-salomatlik tilab, Ulug’bek Rahmatullayev!

 

2006-2012 Mashhur.Uz

Top Desktop version