Mashhur.uz

Switch to desktop Register Login

Ошибка
  • JUser: :_load: Не удалось загрузить пользователя с ID: 55

OYBEK va NIGORAga ILK RAQOBATCHILAR: FARHOD va SHIRIN! Yangi juftlikdan ilk duetni qarshi olamiz. “YOSHLIKDA BERGAN KO`NGIL”...

So`nggi paytlarda san`at olamida yana ijodiy guruhlar ko`paya boshlagani haqida xabar bergandik. Ammo Oybek va Nigora dueti kabi juft bo`lib ishlaydiganlar chiqmayotgandi. Ayni shu kunlarda ularga ham raqobatchilar paydo bo`ldi. Keling, bu juftlik haqida sizga qisqa ma`lumot beramiz.

Shirinani yaxshi taniysiz. “Asal ukam”, “Boy bola”, “Ayting yorimga”, “Dilbaringman” qo`shiqlari orqali o`z muxlislarini topgan va shou-biznesdagi deyarli uch yillik faoliyati, davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan tashkillashtirilgan turli tadbirlardagi faol ishtiroki uchun “O`zbekiston belgisi” ko`krak nishoniga sazovor bo`lgan xonanda. O`z ijodiy faoliyatini aynan Shirina bilan taqdim etishni xohlagan bu yosh iste`dod egasining ismi esa Farhod. 

   

Shu kunlarda ular birgalikda duet shaklida ijod qilishga kelishib oldilar va ilk duetlarini taqdim etyaptilar. Ushbu ijod namunasi “Yoshlikda bergan ko`ngil” deya nomlanadi. Bobur Bobomurod she`ri, Ahmad Hojimatov musiqasi bilan kuylangan ushbu duetning naqadar chiroyli chiqqaniga tinglab ko`rib, baho berasiz. Portalimizning “Audio” bo`limida siz “Yoshlikda bergan ko`ngil” qo`shig`ini tinglashingiz mumkin. Bir so`z bilan aytganda endi shou-biznesimizning Farhodu Shirinlari ham bor. Qiziq, ular Oybek va Nigorani qanchalik yo`lda qoldirisha oladi? Bunisi endi kuzatuvlarimiz natijasida ma`lum bo`ladi. 

2006-2012 Mashhur.Uz

Top Desktop version