Категория: Yulduzlar yog`dusi Дата публикации Просмотров: 215

Sarlavhani o`qib sizda ham haqli savol tug`ilgan bo`lishi mumkin. Yoki yoshlar auditoriyasida “xotira kechalari shunaqa joylarda o`tkaziladi-da”, degan o`ziga xos e`tirozlar ham tug`ilishi tabiiy. Ammo biz bu savolga atroflicha yondashmoqchimiz. Shunday ijodkorlar bo`ladiki, o`z sohasining ravnaqi, rivoji va hattoki kelajagi uchun butun hayotini baxshida etadi. Nazarimda, ERGASH KARIMOV deganda kulgu dunyosiga nafaqat o`zi balki, oilasi bilan hissa qo`shgan inson gavdalanadi. TELEVIZION MINNIATYURALAR TEATRIni tashkil etib, u orqali butun boshli kulgusevarlarga deyarli 45 yilga yaqinroq xizmat qilgan san`at darg`asining xotira kechasiga bir “Istiqlol”ga sig`adigan tomoshabin kelar... Nima dedingiz? Axir unda barcha qiziqchilaru, ko`plab san`atkorlar ham ishtirok etadi-ku. Mayli, bu bir muxlis sifatida bizning fikrlarimiz xolos. Avvalo shunday xayrli ishga bosh qo`shganliklari uchun tashkilotchilarga rahmat! Milliy teatrda bo`lsa, milliy teatrga-da, boraveramiz! Kun kelib, teatr sahnasidan boshlangan bu xotira kechalari katta saroylarga ham ko`chsa, ajab emas. Ungacha “QvZ”ga ishqibozlik qilib turaylik-chi! :) Har holda ular ham yomon chiqishmayapti. Qolaversa, “Istiqlol”dan joy berishgan bo`lsa, ularda ne ayb?
Baxtiyor RASULOV