Категория: Yulduzlar yog`dusi
Дата публикации
Просмотров: 133

O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Sardor Rahimxonning nafaqat yurtimizda balki hamdo`stlik davlarlarida ham muxlislari ko`pligi ma`lum. Jumladan Rossiyada ham Sardorning qo’shiqlarini sevib tinglaydiganlar talaygina ekan. Mana shunday muxlislarning iltimoslariga binoan Sardor Rahimxon 18 dekabr kuni soat 18-00da Novosibirsk shahridagi “Chkalova” konsert saroyida yangi yilga bag’ishlangan konsert dasturini taqdim etadi. Bu Sardor Rahimxonning Rossiyadagi birinchi yakkaxon konserti hisoblanadi. Konsertda allaqachon ko’ngillardan joy olgan sevimli taronalar qatori bir qancha yangi qo’shiqlarning taqdimoti ham kutilmoqda. Sardorga omad tilagan holda barcha Novosibirsk shahridagi o’zbek qo’shiqlari muxlislariga shoshilishlarini aytib o`tmoqchimiz. Axir chiptalar kam qolganligi haqida ma`lumotlar ham yo`q emas.