Mashhur.uz

Switch to desktop Register Login

Ошибка
  • JUser: :_load: Не удалось загрузить пользователя с ID: 55

Shou olami. O’ZIMIZNING MASHHURLAR KIMLARNI TINGLAYDI? MASHHURLARNING SEVIMLI YULDUZLARI…

Kimdan so’rasangiz ham o’zining sevimli xonandasi va san’atkori haqida so’z ochadi. Bu albatta san’at olamida muxlislikni yuzaga keltiradi. Bu sahifamizda biz siz uchun qiziq bo’lgan bir jarayonni yuzaga keltiramiz. Oddiy muxlisdan farqli ravishda san’at vakillari kimlarga ishqibozu, kimlarni tinglashadi? Quyida8 nafar san’at vakiliga yuzlanamiz. Demak, boshladik... 

RAHIMOVA va XYUSTON

Dilfuza Rahimova hamkasblariGulsanam Mamazoitova, Otabek Muhammadzohid, Ozodbek Nazarbekov, Munojot Yo’lchiyevalarning qo’shiqlarini sevib tinglar ekan. Xorijdagi xonandalardan esa uning Selin Dion va Uitni Xyustonlar ijodiga befarq emasligini bildik. Shuningdek, uning

Sevimli filьmi:“Titanik”, “Skarlett” kabi tarixiy filmlar;

Sevimli aktyori:O’lmas Alixo’jayev, Leonardo Di Kaprio;

Sevimli aktrisasi:Gulchehra Jamilova, Nikol Kidman, Keyt Uinslet ekan.

QODIROV va TOTLISAS

Botir Qodirov esa  Azizbek Zaynobiddinov, shuningdek, Orolmirza Safarov, Rahmatjon Tursunov, Musaxon Nurmatovlarni o’ziga ustoz deb bilar ekan. Xorij qo’shiqchilaridan esa u Mo’in va Ibrohim Totlisasning qo’shiqlarining ashaddiy ishqibozi ekanligini yashirmadi. Qolaversa, u tor, doira, gitara, udarnik kabi musiqa asboblarini ham chala olar ekan. Ilk bor chalgan sozi esa tor bo’lgan.

ABDULLAYЕVA va NAZARBЕKOV

Hulkar Abdullayevaning ilk bor ijro etgan qo’shig’i bog’chada “Qizil shapkacha” ertagidagi “Yesli dolgo-dolgo-dolgo” taronasi bo’lganligini inobatga olib, u rus qo’shiqchilarini yoqtirsa kerak, degan fikrga borgandik. Ammo Hulkar o’zimizdan Ozodbek Nazarbekovni, xorijdan esa Ibrohim Totlisasni sevib tinglashi ma’lum bo’ldi. Uning sevimli aktrisasiesa Dilbar Ikromova ekan.

KOMILOV va IGLЕSЕAS

Farrux Komilov bejizga Igleseasning qo’shig’ini o’zbekchalashtirib kuylamagan ekan. Darhaqiqat uning sevimli xorijlik qo’shiqchisi Inreki Igleseas bo’lib chiqdi. Shuningdek u Shakiraning ham ijodiga befarq emas ekan. O’zbek qo’shiqchilaridan esa kichik Komilov tengdoshlaridanShohruh Shodmonov ijodiga ishqibozlik qilar ekan. Uning

Sevimli aktyori:Murod Rajabov, xorijdan Nikolas Keyj;

Yaxshi ko’rgan filmi:“Romeo va Julyetta”, “Titanik” bo’lib chiqdi.

AHMЕDOVA va GUGUSH

Lola Ahmedovaning muxlislari ham uningNasiba Abdullayeva, Kumush Razzoqova va Ozodbek Nazarbekovlarni sevib tinglashini bilishar ekan. Qolaversa, Lola tengdoshlari Gulsanam Mamazoitova va Dilnoza Ismiyaminovalarning ham qo’shiqlarini yoqtirishi ma’lum. Uning sevimli xorij xonandalari esa Andi va Gugush hisoblanadi. Agarda yodingizda bo’lsa, Lola Gugushning “Bu gala doshli gala” qo’shig’ini ham kuylagan. Uning sevimli aktyori Hollivud yulduzi Xarrison Ford hisoblanadi.

SHARIPOV va NORMAN

Oh-ho.Ruslan Sharipov bolaligidanKris Normanning ashaddiy “fanat”ti ekan.O’zbek san’atkorlaridan esa u DJ-Piligrimm, “Dado” va “Nola” guruhlarini sevib tinglar ekan. Qolaversa, Ruslan Sharipov san’atimizdagi juda ko’plab san’atkorlar va guruhlarga ustozlik qilganini ham alohida ta’kidlash kerak. Sharipov janoblari o’zi ishtirok etgan “Tohir va Zuhra” filmini sevib tomosha qilar ekan.

SUG’DIYONA va LARA FABIAN

Xorijda ijod qilayotgan xonanda Sug’diyona o’z intervyularida Farrux Zokirov va Rayhonning qo’shiqlarini sevib tinglashini xorijdan esa Lara Fabianing ashaddiy muxlisasi ekanligini ta’kidlab o’tgan. Uning ilk ustozi esa taniqli bastakor Dilorom Omonullayeva hisoblanadi.

NЕGMATOV va RUSSO

Aslbek Negmatov o’zimizning qo’shiqchilardanFeruza Jumaniyozova, Shahzodani tinglasa xorij xonandalaridan u  Avraam Russo,Maykl Jekson va Tarkanga ishqibozlik qilar ekan. Shuningdek, uning sevimli aktyorlari Jim Kerri, Bryus Uellis, Yodgor Sa’diyev.

Chaladigan asboblari esa:Skripka, g’ijjak, duduk, klarnet, soz, nay ekan.

Bu so`rovnoma yana davom etadi. Boshqalarning ham kimni tinglashlariga qiziqsangiz, portalimizni kuzatib boring!

Baxtiyor Rasulov

2006-2012 Mashhur.Uz

Top Desktop version