Mashhur.uz

Switch to desktop Register Login

Ошибка
  • JUser: :_load: Не удалось загрузить пользователя с ID: 137

XIT-PARAD G`OLIBLARI ANIQLANDI! KIM G`OLIBU KIM MAG`LUB?

Mana ikki oylik xit-paradimiz yakunlarini havola etish fursati yetib keldi. O`zingiz bergan ovozlar natijasi sizni qiziqtiryaptimi unda diqqat qiling. Demak, zamonaviy Estrada yo`nalishi bo`yicha 40.9 foizlik ovoz natijasi bilan Ulug`bek Rahmatullayev g`olib bo`ldi. Uning "Sensiz yashay olarman" qo`shig`i yetakchilikni qo`ldan bermadi. Milliy estrada yo`nalishi bo`yicha esa hech qaysi nomzodimiz Og`abek Sobirovga yeta olmadi. Uning "Naylayin man" qo`shig`i 28.9 foizlik natija bilan g`oliblikni hech kimga bermadi. Bu ikki muvaffaqiyat qozongan g`oliblarni portalimiz muxlislari nomidan samimiy qutlaymiz. Umid qilamizki, kelgusi xit-paradlarimizda ham ularning muxlislari shijoatni qo`ldan boy berishmaydi. Endi esa eng kuchli beshtalikning qolgan g`oliblari bilan tanishing!

Zamonaviy estrada

Sardor Rahimhon " "Eyforiya" (13.1%).
Alisher Fayz " "Alvido" (12.3%).
"Bojalar" " "Yorima" (8.4%).
Ziyoda " "O`ynaganda janon" (7.5%).

Milliy estrada

"Surxon" guruhi " "Sirg`ali qiz" (26.7%).
Anvar Sanayev " "Barno" (11.6%).
Ozodbek Nazarbekov " "Sog`inadi" (9.7%).
Mahmud Nomozov " "Oypari" (5.9%).

Endi esa fursatni o`tkazmasdan yangi xit-paradga e`tibor bering! Unda anchagina o`zgarishlar yuzaga kelgan. Unutmang, sizning ovozlaringiz nihoyatda ahamiyatli. Demak, ovoz berishga kirishing. E`tiboringizsiz yulduzlar hech kim emas!

2006-2012 Mashhur.Uz

Top Desktop version