Mashhur.uz

Switch to desktop Register Login

Ошибка
  • JUser: :_load: Не удалось загрузить пользователя с ID: 55

“BЕNOM” GURUHI. BUXORODAN TOSHKENTGACHA yohud “TARONA RЕKORDS” RAHBARI ULARGA NIMA DEDI? (eksklyuziv intervyu)

 

Qisqa muddat ichida anchagina tanilib qolgan “Benom” guruhi bugun sahifamiz mehmoni. Hozirda ularning “Dard” nomli yangi qo’shig’i telekanallarda jarang sochyapti. Qiziquvchilar uchun guruh a’zolari Komil va Sarvar bilan tanishtiruv suhbatini uyushtirdik...

Ijodiga oid...

Xo’sh, san’at olamiga “Benom” qay tariqa kirib keldi?

Sarvar: — Biz, Komil bilan bir maktabda o’qiganmiz. O’sha paytlar ko’plab tanlovlarda qatnashib kelar edik. Buxoroda ikki yil ijod qildik, u yerda ham o’z muxlislarimizga egamiz.

Birinchi qo’shig’ingizni nomi qanday bo’lgan?

Sarvar:— Birinchi qo’shig’imiz “Armon” deb nomlangan va ushbu qo’shig’imiz Buxoroda xit darajasiga yetgan.

— Kim bilan duet aytish niyatingiz bor?

Komil:— Shahzoda bilan aytdik va yana aytmoqchimiz.

— San’atkor bilan san’atkor do’st bo’la oladimi?

Komil: — Ha, albatta. Masalan, “Tarona”da hammamiz juda qalin va bir oiladekmiz. Bilasizmi, biz bu yerga ilk bor kelganimizda, “Tarona rekords”ning boshlig’i “oilamga xush kelibsizlar, endi sizlar ham oilamizning a’zosisizlar”, degan edi.

Oilasiga oid...

— Oilangiz haqida qisqacha gapirib o’tsangiz...

Komil: —Ikkalamiz ham oilada kenja farzandlarmiz. Biz oilada to’rtta farzandmiz.

Sarvar:— Biz beshta farzandmiz.

— Maktabdagi laqabingiz?

Sarvar:— Shnit bo’lgan(kulib). “Brigada” serialida Shnit degan jinoyatchi bo’lgan, o’shanga o’xshatishganmi, bilmadim...

Komil:— Meniki, Kolya bo’lgan.

Shou-biznesni qanchalik kuzatishadi?

— Qaysi radioni tinglaysiz?

Sarvar:— “O’zbegim taronasi”ni.

— Deylik, Jasur Umirov bilan to’yda navbat talashib qoldingiz?

Sarvar: — Menimcha Jasur bilan kelishib olardik.

— Shoxruhxonning oxirgi qatnashgan filьmi?

Sarvar:– Judayam ko’p shekilli, “Bo’rilar 5”(kulib).

Ziyodaning o’tgan yilgi kontserti nomi?

Komil: —Eslolmadim,“Chiki-chiki”midi?

Sarvar:— “Ey muhabbat”.

Noto’g’ri, “Baxt to’la” edi. Oybek va Nigoraning “Sen meni sevasanmi?” nomli qo’shig’i klipida kim qatnashgan?

Komil: — Alisher Uzoqovmi?

Yo’q, Ziyoda edi. Rayhonning oxirgi kuylagan qo’shig’i?

Sarvar: —“Bum, bum ovora”.

Topolmadingiz, “Axir” nomli qo’shiq. Sizlarga qanday ismlar yoqadi?

Sarvar:— Samira, o’g’il bolalardan o’zimning ismim. Komilga esa Jasmina, Amirbek ismlari yoqadi. 

Shaxsiyatiga oid...

— Ertalab osh yeysizmi(kulib)?  Umuman olganda sevimli taomingiz?

Komil: —Ha, bo’lsa yo’q demaymiz. Yoqtirgan taomimiz qovurilgan jo’ja.

— Yoqtirgan rangingiz?

Sarvar:— Qora.

Komil:— Oq va qora.

— Sevgan qizingiz bormi? Faqat rostini ayting...

Sarvar(kulib): — Yo’q, sevganim yo’q. Hali uchratmaganman.

Sizga qanday qizlar yoqadi? Ya’ni didingizdagi qiz...

Sarvar:— Men o’zbekona qizlarni yoqtiraman.

Sizda-chi?

Komil:— Mening ham sevganim yo’q.

Sarvar:— Bunga ko’proq zamonaviy qizlar yoqadi.

Shunday tarzda suhbatimiz yakuniga yetdi. Iloji boricha savollarimizga javob oldik. Suhbat davomida esa Komilning kam gapligiyu, Sarvarning so’zamolligini o’zimizcha kashf etdik. Bu suhbat hali so’nggisi emas. Keyingilarida ko’rishguncha.

Sadafa va Muhayyo suhbatlashdi.

2006-2012 Mashhur.Uz

Top Desktop version