Mashhur.uz

Switch to desktop Register Login

Jasur MAVLONOVni kim yo’ldan urdi? Qiziq Nazarbekovning shogirdiga nima bo`lyapti?

Jasur Mavlonov shijoat bilan ijodga sho’ng’idi. Yaqindagina ustozi Ozodbek Nazarbekovdan oq fotiha olgan xonanda “Ahd qiluvdim” qo’shig’ini muxlislarga taqdim etdi. Ayni paytda yana yangi qo’shiqlarni kuylash bilan band. Lekin xonandani kimdir yo’ldan urgan ko’rinadi. Aks holda u “Yo’ldan urdi mani ko’zi o’ynagani” deya xonish qilmagan bo’lar edi. Sabablarini esa keyinroq ma`lum qilamiz.

Обновлено 24.12.2011 17:03

Просмотров: 133

VOHIDJON ISOQOV NEGA IKKILANYAPTI?

Iste`dodli xonanda Vohidjon Isoqovning bu yildagi rejalari orasida yana bir yangi albom chiqarish ham bor edi. Lekin xonanda bu rajani amalga oshirishga ikkilanib qoldi. Negaki, avval birinchi albomidagi hali tinglovchilar eshitmagan qo`shiqlarga klip suratga olib, ularni taqdim etsamikan? Bu borada maslahatlashganlari ham turli fikrlar berishyapti. Shuning uchun u hozirda “Kuz” nomli yangi qo`shig`iga klip suratga olishni boshlab yubordi. Yaqin kunlarda siz Vohidjonning yana bir yangi qo`shig`ini tinglaysiz. O`zgacha uslubdagi qo`shiq sizga ma`qul kelishi tabiiy. Negaki, u sho`x va hazilomuz tarzda kuylangan. Shox qo`shiqning klipi ham hazilomuz bo`lsa ajab emas.  

Обновлено 26.11.2011 12:15

Просмотров: 109

JA`FAR va JAFARBEK TORTISHUVI! “SHOU-BIZNESDA BU ISM BITTA BO`LISHI KERAK. SEN VOZ KECHASAN, YO`Q SEN!!!” Natija nima bo`ldi?..

 

Yodingizda bo’lsa ikki yil oldin Sardor Rahimxonning shogirdi Ja’far o’zining “Xayolimda” nomli ilk taronasi bilan muxlislar e’tiboriga tushgan edi. Keyinchali Ja’far “New Star- Media” prodyuserlik markazining xonandasi bo’lib ham ijod boshlagandi. Uning “Qaniydi” taronasi bir muncha fursat radio to’lqinlar uzra jarang sochdi. Shu payt Estrada olamiga yana bir Jafarbek kirib keldi(Nasiba Abdullayeva bilan duet kuylagan). Ayni damda Jafar Bekning ham nomi tilga tushib ulgurgan. Har ikkisini adashtirishlar esa allaqachon boshlangan. Bu borada hatto ikki Ja’far o’rtasida gap talashishlar bo’lgani ham ma’lum. Lekin bir narsa aniqki gap-so`zlarga qaramasdan ikkisi ham Ja’far ismini saqlab qolishni lozim topdilar. Xullas, Ja’far “Keldim” deb nomlangan taronasiga kuni kecha Yodgor Nosirov bilan birgalikda klip su’ratga oldi. Bu tarona radioto’lqinlar uzra yangrashi bilanoq juda ko’pchilik tinglovchilar qatori o’z ishining ustasi bo’lgan ko’pgina xonandalarning ham maqtoviga sazovor bo’ldi. Demak, kutamiz.

Обновлено 08.07.2011 14:57

Просмотров: 408

Hafta kashfiyoti. ESTRADADAGI DADIL QADAM. YUNUSBEK YUSUPOV

Milliy estrada yo’nalishida kundan kunga yuqori ovozli xonandalar kashf etilayotgani quvonarli holat. Ulardan biri Sardor Mamadaliyev anchagina o’z muxlislarini topgan bo’lsa, yana birin Yunusbek Yusupov ham undan ortda qolmoqchi emasligini ko’rsatib qo’yyapti. So’nggi paytlarda shou-biznesni ovoziga ishonib kiradiganlar emas, mablag’iga ishonib kiradiganlar tashkil etib qolgandi. Ammo endi bu an’ana o’zgaryapti. Bundan buyon faqat jonli kuylashni biladigan va san’atiga ishonadiganlar davri keladi, shekilli. Nega desangiz, ayni paytda jonli ijroga muhim ahamiyat qaratilyapti. Xullas, “Senmusan” qo’shig’i bilan san’atga qadam qo’ygan Yunusbek Yusupovga ilk qo’shiq Nazarbekov atrofidagi jamoadan unga sovg’a qilindi. Ayni paytda telekanallarda siz ushbu qo’shiqni tinglayapsiz. Hademay, yosh xonanda ikkinchi qo’shig’ini ham taqdim etadi. Natijalarni esa kuzatishda davom etamiz.

Обновлено 26.10.2011 11:26

Просмотров: 130

“BAYON” guruhi muxlislarini ko`paytirish uchun “FAN KLUB” ochdi! endi bu yigitlarni yaqindan ham ko`rishingiz mumkin! ELDOR BEK esa yangi qo`shig`ini muxlislariga havola qildi! “SENI SEVIB”dan “UMMON”ning “hidi” keladi…!

 

“Bayon” guruhining ashaddiy fanatlari diqqatiga: Bugundan e’tiboran sevimli guruhingizning muxlislari klubiga ya’ni fan klubiga a’zo bo’lishingiz mumkin. “Bayon” guruhidan eng so’nggi yangiliklar, qaynoq xitlar, eksklyuziv faktlar, sevimli xonandalaringiz bilan yuzma-yuz uchrashuv, fanatlar bilan do’stlashish shu va boshqalar “Bayon” guruhi fan klubida. Fan klubga a’zo bo’lish uchun (+998-90)903-00-06, (8-371)253-72-63 telefon raqamiga qo’ng’iroq qiling. “Bayon” yanada yaqin.(Fan klub a’zolarining ilk uchrashuvi 17 Iyul kuni soat 13-00da bo’lib o’tadi.

ELDOR BEKdan yangi tarona - “Seni sevib…”


Eldor Bek zamonaviy estrada yo'nalishida yangi qo'shiq yozdi. Qo'shiq “Seni sevib…” deya nomlanadi. Shu qo`shiq radioto`lqinlarda yangrashi bilan muxlislar qalbidan joy ola boshladi. Hatto ko`pchilik uni “Ummon” guruhi aytgan ham deb o`ylabdi. Afsuski, bu Eldor Bek edi. Qo'shiqning matni va musiqasi ham Eldor Bekka tegishli. Eng qizig`i qo'shiq Eldor Bekning hayotiga asoslangan ekan. Demak, xonandamiz ham sevgisidan kuyganlardan! Bu qo`shiqqa hademay klip suratga olinadi. Qolgan barcha ma`lumotlar bilan WWW.ELDORBEK.UZ rasmiy saytida tanishishingiz mumkin!

 

Обновлено 04.07.2011 18:36

Просмотров: 291

2006-2012 Mashhur.Uz

Top Desktop version