Категория: SAN`AT OLAMI Дата публикации Просмотров: 296

“Istiqlol” san’at saroyida bo’lib o’tgan “O’zbegim taronasi” radiosining “Yulduzli xit parad” gala konsertida O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Sardor Rahimxon “Eyforiya” qo`shig`ining ko`rsatgan natijalari uchun “Oltin disk” mukofotiga loyiq topildi. Yodingizda bo`lsa xonanda omad pillapoyalarini aynan “Tarona-rekords”ning mukofotlarini qo`lga kiritishdan boshlagan edi. Bu mukofot esa uning omad pillapoyalaridan dadil yuqorilayotganiga isbot bo`lsa ajab emas! Eng qizig’i, o’sha kuni Rahimxonning tug`ilgan kuni edi. Shundan ham uning naqadar baxtli ekanligini bilsa bo`ladi. Negaki, ko`pgina mukofotlar unga qo`shaloq tarzda kelgan. Yaqin kunlarda siz bir xonanda erishishni orzu qilgan cho`qqilarga tez va hech qanday e`tirozlarsiz erisha olgan san`atkor bilan “Oshkora suhbat”imizga guvoh bo`lasiz. Unda sizni qiziqtirgan barcha savollarga haqqoniy javoblarni olishga harakat qilamiz. O`tkazib yubormang!