Mashhur.uz

Switch to desktop Register Login

AHMAD YASSAVIY

Ahmad Yassaviy XII-XIII asr o`zbek tasavvuf adabiyotining yirik namoyandasi, " Yassaviya" tariqati asoschisidir.
Unga nisbatan mutasavvif shoir, shayxul mashoyix, sultonul orifin laqablari qo`llaniladi.
U Sayram shahrida tavallud topgan. Uning tug`ilgan yili esa noma`lumdir. Ahmadning otasi Yassi va Sayramda uzoq yillar shayxlik qilgan Shayx Ibrohimdir.
Ahmad Yassida o`z davrining yirik shayxi Arslonbobdan ta`lim olgan. Arslonbob vafot etgach, u ta`limni Buxorodagi yirik mutasavvif Yusuf Hamadoniydan oladi. Yusuf Hamadoniyning vafotidan keyin birmuncha vaqt uning o`rnini egallaydi. So`ngra Turkistonga qaytib, shayxlik qila boshlaydi. Bu yerda uning shuhrati juda ortib ketadi va u to`g`risida turli rivoyatlar paydo bo`la boshlaydi: " Madinada Muhammad, Turkistonda Xoja Ahmad" .
Ahmad Yassaviy Muhammad (s.a.v.) dan ko`p umr ko`rishni gunoh deb biladi. Shuning uchun u 63 yoshida yerto`laga tushib, umrining oxirigacha shu yerto`lada yashagan.
Xoja Ahmadning qachon vafot etganligi ham ma`lum emas. Lekim ba`zi manbalarga ko`ra 1166-1167-yillarda vafot etgan deb taxmin qilinadi.
Hozirda Sayram va Turkiston shahri atrofidagi qadamjolar Yassaviyning otasi Shayx Ibrohim, onasi Qorasoch momo, aka-ukalari Latif ota va Mustafoquli otalarning nomi bilan bog`lanadi.
Buyuk sarkarda Amir Temur 1395-1397-yillarda Ahmad Yassaviy dafn etilgan joyga muhtasham maqbara qurdiradi.

Ahmad Yassaviy she`riyatning ta`sirchanligi va qudratidan foydalanib, o`zining so`fiyona jumlalarini she`r ko`rinishida bitgan. Bu bitiklari bizgacha biroz o`zgarishlarga uchragan holda " Devoni hikmat" nomi bilan yetib kelgan.a

Обновлено 10.03.2009 14:53

Просмотров: 2618

AHMAD YUGNAKIY

Turk mashoyixi va iste`dodli shoiri Ahmad Yugnakiy XII asrning oxiri va XIII asrning birinchi yarmida yashab o`tgan.
Uning bizgacha yagona asari yetib kelgan bo`lib, u " Hibatu-l-haqoyiq" (Haqiqatlar tuhfasi) deb nomlanadi. Bu asar ta`limiy-ma`rifiy yo`nalishda yozilgan doston hisoblanadi. Adib haqidagi ma`lumotlar bizgacha juda kam yetib kelgan. Alisher Navoiy " Nasoyimu-l-muhabbat" asarida Adibning ko`zlari ko`r bo`lsa ham, ko`ngli nihoyatda bedor edi, deb yozib qoldirgan. U haqda Navoiy quyidagicha yozadi: " Haq subhonahu taolo agarchi zohir ko`zin yopuq yaratgandur, ammo ko`ngli ko`zin bag`oyat yoruq qilg`ondur" . Yugnakiy Bag`dod atrofida maskan tutgan bo`lib, uzoq masofalarni piyoda kezib, mashhur shayxlar, allomalardan shariatu tariqatdan, hadis va tafsirdan saboq olgan, va`zu nasihatda usta bo`lib, " aksar turk ulusida hikmat va nuktalari shoe`" she`rlari xalq orasida og`izdan-og`izga ko`chib yurgan.

Обновлено 10.03.2009 14:54

Просмотров: 2120

MAHMUD KOSHG`ARIY

Mahmud Koshg`ariy - turkiy xalqlarning qomusiy olimi. Uning " Devoni lug`ti-t-turk" asari XI asrda (1072-yilda) yaratilgan. Asarda juda ko`plab she`rlar, qo`shiqlar, xalq og`zaki ijodiga mansub asarlarning parchalari jamlangan.
Olimning to`liq ismi Mahmud ibn ul-Husayn ibn Muhammad
il-Koshg`ariydir. Mahmud Koshg`ariy o`z asarini yozish uchun Qashqardan boshlab Movoraunnahr, Xorazm, Farg`ona, Buxoroga qadar bo`lgan o`lkalarni kezib chiqqan. O`sha yerlarda istiqomat qiladigan aholidan turli badiiy parchalarni yozib olgan.
Bu parchalar XI asrda yozib olingan bo`lsa-da, o`z mazmuniga ko`ra ancha qadimiy davrlar bilan ham bog`lanib ketadi. Olimlar bu parchalarning ayrimlari V-VII asrlarga ham aloqadorligini ta`kidlashadi.

Обновлено 10.03.2009 14:55

Просмотров: 2156

IMOM ISMOIL AL-BUXORIY

Imom Ismoil al-Buxoriy - mashhur muhaddis olimdir. U kishining nomlari butun Islom olamida alohida hurmat bilan tilga olinadi, asarlari yuksak qadrlanadi.
Al-Buxoriy 810-yilda Buxoroda tavallud topgan. Imom Ismoil Sharqning ko`pgina shaharlarida bo`lgan. O`z safarlari davomida muhaddis olim asosiy vaqtini hadislarni o`rganishga bag`ishlagan. Buyuk olim 871-yilda o`z vatanida vafot etgan. Olimning qabri hozirda Samarqand viloyati, Payariq tumanidagi Chelak qishlog`idadir.
Ismoil Buxoriy Muhammad (s.a.v.) hadislari, ya`ni, turli munosabat bilan aytgan gaplari, ko`rsatma va nasihatlarini hamda u kishining muborak axloqi, najib xulq-atvori, yo`l-yo`riqlaridan darak beruvchi xabarlar va so`zlarni yig`ib, " Al-jome as-sahih" (Ishonarli to`plam) nomli to`rt jildli kitob yaratgan. Bu kitobga kiritilgan hadislar soni 727 ta bo`lib, muallif ularni o`n yillar mobaynida minglab odamlardan so`rab-surishtirib jamlagan 600 ming hadislar ichidan eng ishonchli hadislarni saralab olgandir. Ismoil al-Buxoriy bundan tashqari " Al-adab val-mufrad" , " Kitob asmo` is-sahoba" , " Kitob af`ol il-ibod" , " To`rixi Buxoro" , " Kitob-ul favoid" , " Tarix us siqot vazzuafo min ruvotil-hadis" kabi asarlar muallifi hamdir.

Обновлено 10.03.2009 14:55

Просмотров: 3531

YUSUF XOS XOJIB

Turkiy tilda birinchi yirik hajmli adabiy-ma`rifiy asar yozgan iste`dodli shoir, davlat arbobi, donishmand adib - Yusuf Xos Xojibdir. Yusuf Xos Hojibning qachon va qayerda tug`ilganligi noma`lum. Lekin uning o`z asaridagi ma`lumotlarga ko`ra u Bolasog`un (hozirgi Qirg`iziston Respublikasi, To`qmoq shahri) shahrida tug`ilgan deb taxmin qilinadi. U " Qutadg`u bilig" (" Saodatga eltuvchi bilim" ) asarini 1069-yilda yozib tugatadi. U asarni Qoraxoniylar hukmdori Tavg`och Bug`roxonga taqdim qiladi. Bug`roxonga asar ma`qul keladi va Yusufga Xos Hojiblik lavozimini beradi.
Olim bu asarni yozish uchun ko`p tayyorgarliklar ko`radi. U Chin (Xitoy), Mochin (Sharqiy Turkiston), Eron va Turon o`lkalariga sayohat qilib, bu joylardagi aholi urf-odatlarini, tarixiy yodgorliklarini, madaniy-adabiy meroslarini o`rganadi. Aynan shu sababli uning asari o`sha davr uchun nihoyatda rang-barang bo`lgan mavzularni qamrab olgandir.
Asarda davlatni idora etish usullari, oddiy kishidan tortib to davlatni idora etadigan martabali shaxslar, turli toifa va tabaqa vakillarinngi fe`l-atvori qanday bo`lishi, ularning vazifalari haqida yozilgan.
Bundan ko`rinib turibdiki, " Qutadg`u bilig" pandnoma janrining yirik va noyob namunasidir.

Обновлено 10.03.2009 14:55

Просмотров: 2799

2006-2012 Mashhur.Uz

Top Desktop version