Категория: Radio Автор: Azizbek

Bobur Bobomurod:

Ziyoda:

Sherbek Shodiyev:
Yil davomida MASHHUR.UZ orqali quvnoq radioning barcha yangiliklaridan xabardor bo`lib borasiz. Yaqin kunlarda radio jamoasi bilan eksklyuziv suhbatni havola etamiz. “5 antiqa tilak” loyihasini esa kuzatib boring. Unda o`zbek shou-biznesining barcha nomdor yulduzlari ishtirok etadilar va musobaqada g`olib bo`lishga intiladilar!!!
Обновлено 18.08.2011 07:23
Просмотров: 484
Категория: Radio Автор: Azizbek

Quvnoq boshlovchini allaqachon tabriklashni boshlashdi. Hali yarim tungacha bu tabriklar davom etishi ham tabiiy. Fursatdan foydalangan holda biz ham asosiy hamkorlarimizdan biri bo`lgan “Oriat dono” radiosining tinib-tinchimas ijodkorini samimiy tabriklaymiz. Hech qachon ijodiy kayfiyat qahramonimizni tark etmasin. Bugun xususiy radiokanallarda juda ko`plab ijodkorlar faoliyat yuritishadi. Ammo ular orasida eshittirishi ommalashgan yoki tom ma`noda radio ovoziga aylanganlari kam. Bahodir Mag`diyev esa bunday sharafga muyassar bo`lganlardan. U mualliflik qilgan “Halfana” bu yil 7 yoshga to`lganini ham xabar qilgandik. Endi esa uning muallifi o`z tug`ilgan kunini nishonlayapti. Har doim ular mana shunday quvonchga to`lib yursinlar! Butun jamoamiz va muxlislar nomidan yana bir bora tabriklarimizni izhor etamiz!
Обновлено 03.08.2011 19:26
Просмотров: 490
Категория: Radio

Yozning qaynoq daqiqalarida yaxna holatdagi “Coca-cola”ni ichib, eng sara musiqiy shou-biznes yangiliklaridan bohabar bo'lishga nima yetsin. Endilikda “A'lo” Fm, “Coca-cola” hamda muz.uz sayti hamkorlikda FM90 MHz to'lqinlari orqali har hafta muzdekkina musiqiy shou-biznes yangiliklaridan “Music-Cola” dasturi orqali bohabar bo'lishingiz mumkin. Shunday ekan “Coca-cola”dan bahramand bo'lingu qaynoq yangiliklardan voqif bo'ling...
Shuningdek 20 iyul kuni “Turkiston” saroyining yozgi binosida o`tkazilishi rejalashtirilgan gala konsertga chiptalap kam qolganini ham unutmang! Unda siz quyidagi san`atkorlarning chiqishlariga guvoh bo`lasiz!
Sardor Rahimhon,
Rayhon,
Ulug`bek Rahmatullayev,
Manzura,
“Bojalar” guruhi,
Ziyoda,
“Shod” guruhi,
Oybek va Nigora,
“Afruz” guruhi,
Nilufar Usmonova,
Shoxruxhon,
Sherbek,
“Handalak” va
“Qah qaha” guruhlari,
Doston Ubaydullayev,
Ruxshona,
Vohidjon Isoqov,
Shirina va HO kazoo…
Jami 40 nafar mashhurlarning yozgi sahnadagi imijlari ham sizni befarq qoldirmaydi. Har yili betakror tarzda o`tadigan shou konsertini o`tkazib yubormang!
Обновлено 14.07.2011 20:37
Просмотров: 378
Категория: Radio

“A`lo” FMning 5 yoshli tu`gi`ilgan kuni bunchalik darajada bo`lishini hatto radio jamoasining o`zi ham kutmagandi. Saroyning oldi qismi muxlislar bilan to`lib ketgan bo`lsa, orqa taraf mashhurlar iskanjasida qoldi. U yerda kimlarni ko`rish mumkin edi, degan savolingizga quyidagi suratlar orqali javob beramiz. Bir so`z bilan aytgan bugun kim ishlamayotgan bo`lsa, shulardan tashqari hammani ko`rish mumkin edi...

Birinchi bo`lib yetib kelganlar safida O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi Bobur Bobomurod va iste`dodli xonanda Shirinani ko`rish mumkin edi. Aslida Shirinaning navbati ham sal oldinroq qo`yilgan edi...

Oybek va Nigora ham o`zlariga belgilangan paytda yetib kelib xizmatlarini a`lo darajada uddalab yana xizmatlariga yo`l olishdi.

“IOSIS” kompany ning loyihasi sifatida shou-biznesni hayratga solayotgan Eldor Bek ham ajoyib tilaklar bildirdi. (Eslatib o`tamiz, ikkinchi maqolamizda A`lo FMga 5 noodatiy tilak loyihasini taqdim etamiz. Kimning tilagi zo`r bo`lsa o`shani birgalikda olqishlaymiz. Maqola yaqin soatlarda portalimizdan o`rin oladi.)

Ziyodaga bugun hamma salom beryapti. Buni bayram tadbiriga yetib kelgan barcha mashhurlar misolida ham ko`rish mumkin edi. Albatta haqiqiy san`at oldida hamma bosh egadi. :))

Ulug`bek Rahmatullayev ham o`z shogirdlari bilan kirib keldi. To`grida u ham prodyuserlikda boshqalardan qolishmasligini isbotlashi kerak. Axir u ham ikkita shogirdini sahnaga olib chiqyapti. Uchinchisi ham hozir unga ergashgan. Bu ketishda hademay shou-biznesda Ulug`bek Rahmatullayev prodyuserlik markazi ham ish boshlasa ajab emas...

Hammani “shok”ka solgan Jahongir Poziljonov va “Hayolimning o`g`risi” lab tomoshabinlarni o`ynatib yuborgan Nilufar Usmonova! Ikkalasi ham 5 lkika zo`r javob berishdi.

ooo, Shohruhxon va Manzura. Manzuraning yana bir noodatiy imidjiga hamma hayron qoldi. Sochlarini ko`rsangiz edi... Shohruhxonni-ku aytmasa ham bo`ladi. Dastur yakuniga tushib qolgan shekilli hamma bilan suratga tushaverib charchadi...

Sardor Rahimhon har galgidek o`z jamoasi bilan. “New Star” mediani ham bugun bilmaganlar yo`q.

“Afruz” guruhi sahnaga chiqqanida bir hayqirgan tomoshabinlar Shoxruxning ularga qo`shilib chiqib kelganini ko`rib tamoman es hushlarini yo`qotishdi. Ular kuylagan duet dasturning eng kulminatsion nuqtasi bo`ldi desak yanglishmaymiz...

Mana shou-biznesni hayratga solayotgan aka-uka Isoqovlar! Har holda ular amakisini ortda qoldira olishdi. Dasturning eng o`rtasida chiqish ham Vohidjon Isoqovga nasib etdi.

“Tarona records”ning yangi loyihalari “Benom” va “Jonim” guruhlari. Allaqachon muxlis yig`ib qo`yishganini ko`rsatib qo`yishdi...

“Shod” guruhi garchi chiroyli kiyimlar kiyib kelishmagan bo`lishsa-da muxlislarni to`lqinlantira olishdi...

Sherbek Shodiyev va Jasur Umirov. Ikki vohadosh biz hech kimdan kam emasmiz, shiori ostida harakat qilishyapti...

Mana endi siz kecha qahramonlarini ko`rishingiz mumkin. Ayniqsa Ziyoda (chapdan birinchi) mehmonlarni kutib olaverib naq 5 kiloga ozdiyov. Oybek va Iroda boshlovchilikdan bir zum ham bo`shamadi.

Nihoyat A`lo Fm sardori Olimxo`ja Azimov. Bir daqiqa ham bo`shay olmagan sardorni amallab suratga tushirishga ulgurdik. Ha konsert qilishning o`zi bo`lmaydi. Qolaversa, “men chiqay, shoshib turibman” kabi iddaolarni bostirib turish undan ham mashaqqatli. Xullas, A`lo Fmning 5 yoshlik to`yi juda katta quvonchlar bilan o`tdi. Yaqin soatlarda esa sizni sahnada nimalar bo`lgani bilan tanishtiramiz. O`tkazib yubormang!
Baxtiyor Rasulov. Suratlardan foydalanish qatiyan taqiqlanadi.
Обновлено 21.07.2011 06:19
Просмотров: 1001
Категория: Radio

Osh qilishni bilmagan o’zbek bormi deya savol bersak, topilishi mumkin, ha bordur degan javoblar yangrashi aniq. Ammo osh yeyishni xush ko’rmaydigan o’zbek-chi?, degan savol yangrasa-chi? Nazarimda palovxonto’rani paqqos tushirishdan hech qaysimiz bosh tortmaymiz. Ayniqsa, qo’y go’shti-yu, qo’y yog’lariga bo’lsa...
Oshxo’rligimiz bois bu borada turli musobaqalar ham bo’lib o’tadi, turli viloyatlarda bu taomga turlicha yondashishlar borligi va birovniki birovnikiga o’xshamagan tarzda bo’lishi biz uchun yangilik emas. Ammo to’rt viloyat san’atkorlarining bir paytda, bir joyda osh qilib bellashishgani siz uchun va biz uchun ham ajoyib bir yangilik bo’ldi. Qayerda bo’libdi ekan bu musobaqa, nega avvalroq xabar qilinmadi, deganlarga endi batafsil maqolamiz mohiyatini taqdim etamiz...

Xullas, “Oriat-dono” radiosi boshlovchisi Bahodir Mag’diyevning “Xalfana” nomli dasturi borligini bilasiz. Ana shu dastur 7 yoshga to’ldi va boshlovchi bu quvonchli kunni barcha muxlislar va dasturga ishtirok etgan san’atkorlar ishtirokida noan’anaviy qilib nishonlashga bel bog’ladi. Shunday qilib aytilgan vaqtda poytaxt viloyatining fayzli bir kafesida 200 ga yaqin ishtirokchilar ishtirokida Bahodir Mag’diyev “Xalfana”ning 7 yoshlik to’yini ochiq deb e’lon qildi.

Tadbirga kelgan mehmon san’atkorlar: O’zbekiston xalq artistlari Ortiq Otajonov, Olmahon Hayitova, G’ulomjon Yoqubov, Afzal Rafiqov, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artistlar Elmurod Islomov, Erkin Ro’zimatov, Mahmudjon Azimov, Abdulla Shomag’rupov, xonandalardan Abdurashid Yo’ldoshev, Doston Ubaydullayev, Malika Egamberdiyeva, shoirlardan Muhammad Ismoil, Botir Ergashev, bastakorlardan Afzalbek Husanov, Dilshod Ahmadshoh va qiziqchi Shukrullo Isroilov qatorida boshqa ko’plab ijodkorlarni ko’rish mumkin edi.

Dastur “Oriat dono” radiosining uch nafar taniqli boshlovchilari Bahodir Mag’diyev, Akmal Mirzo va Zaynabbegim Yunusovalarning iliq so’zlari ila boshlanib, keyin o’yinlarga ulanib ketdi.
Osh musobaqasida 1 o’rin vodiylik san’atkorlarga, 2-o’rin xorazmliklarga 3-o’rin esa Qashqadaryo va Toshkentlik san’atkorlarga nasib etdi. Bu albatta ramziy ma’nodagi musobaqa edi.

Ma’lumot: Ushbu dastur 2004 yil 16 May sanasida “Oriat Dono”ning sobiq prodyusseri Iroda Abdulaziz, boshlovchilar Zaynabbegim Yunusova hamda Bahodir Mag’diev g’oyalari asosida dunyoga kelgan. Uning ilk sonida O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Kozim Qayumov mehmon bo’lgan edi. Keyinchalik el ardog’idagi hofizlar, ustoz san'atkorlar, yoshi ulug’ san’atimiz darg’alari qatnashishgan. Xususan O’zbekiston xalq artisti Kommuna Ismoilova, el yurt xizmati ordeni sohibi marhum ustazoda Abulqosim To’ychiev, O’zbekiston xalq artisti Obid Yunusov va bular qatorida ko’plab yosh ijod vakillari.

Tadbir davomida turli xil o’yinlar o’ynalib, ishtirokchilarga sovg’alar ulashildi. Shunday qilib naq to’rt soat mobaynida bo’lib o’tgan dastur san’atkorlar va muxlislarning quvonchi ila yakuniga yetdi. Hamma xursandmi demak, tashkilotchilar ham xursand. Axir tadbirdan ko’zlangan maqsad ham shu emasmi? Biz ham paytdan foydalanib “Xalfana” dasturini va uning boshlovchisini quvonchli kun bilan yana bir bor tabriklaymiz va bundan ham ko’p yoshlarga kirib yurishlarini tilab qolamiz.
Maqoladan foydalanish huquqi faqatgina “7x7” gazetasiga berilgan. Boshqa OAVlari uchun taqiqlanadi!

Обновлено 22.05.2011 06:32
Просмотров: 432