Категория: Televideniye Автор: Baxtiyor Rasulov

Mashhur teleboshlovchi, “Iqtidor” ko’rsatuvi muallifi Rahimboy Jumaniyozovni ko’pchilik shoir, kinossenariylar muallifi, prodyuser sifatida taniydi. Yaqinda bu ijodkor o’zining yana bir yangiligini e’lon qildi. Unga ko’ra Rahimboy Jumaniyozov endi notiqlik san’ati bo’yicha kurs tashkil qilib, qiziquvchilarga nutq sir-asrorlarini o’rgatyapti ekan. Qiziq, bu unga nega kerak bo’ldi?
Rahimboy Jumaniyozov: — Ko’pchilik yoshlarning bilimi yetarli ammo nutqi ravon emas. Nutqi ravon bo’lmagan kishining so’zlarini tinglash biroz zerikarli bo’lishi mumkin. Qolaversa, men bu orqali o’z nutqi bilanfikr yetkazish usullarini shakllantirishni, suxandonlik va boshlovchilikka qiziqqanlarni mahoratlarini oshirishni maqsad qildim. Zero, notiqlik san’atini egallash, qaerda, qancha va qanday gapirish kerakligini ham o’rgatadi. Agar qiziquvchilar bo’lsa haftaning har seshanba va juma kunlari O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiMadaniyat saroyigatashrif buyurishlari mumkin.
N O T I Q L I K S A N ` A T I VA N U T Q M A H O R A T I
O’QUV KURSI
So’z sehri unga mehr qo’yish orqali anglaniladi, egallanadi. Nutqning mantiqiy qudrati sabab mashriqu mag’ribda mashhur notiqlar yetishib chiqqan. Nutqning aniqligi tafakkurning va talaffuzning tiniqligidan. Har bir zaminu zamonda, makinu makonda notiqning, ya’ni voizning o’z o’rni bo’lgan.
Siz so’z va nutq qudratini his etishni istaysizmi, o’z nutqingiz orqali fikr yetkazish usullarini shakllantirishni, suxandonlik va boshlovchilik mahoratingizni oshirishni, notiqlik san’atini egallashni, ta’sirli so’zlash va ifodali o’qishni xohlaysizmi? Marhamat! Taniqli notiqlar va mashhur san’atkorlar bilan muloqot Sizga muntazir!
Nazariy ma’lumotlar va amaliy mashg’ulotlarni o’quv kurs rahbari – “Eng yaxshi voiz” respublika ko’rik-tanlovining sovrindori, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Rahimboy Jumaniyozov olib boradi.
Mashg’ulotlar audio va video texnika vositalaridan foydalanilgan holda ko’rgazmali tarzda tashkil etiladi. Guruhlar ishtirokchining yoshi va bilim darajasiga qarab tuziladi. Marhamat!
O’quv –nazorat bo’limi boshlig’i: Husniddin Boyqobilov. (+99897 478 07 81.)
Mashg’ulotlar o’zbek tilida olib boriladi.
Seshanba va juma kunlari soat 15.30. – 17.30.
Murojaat uchun telefonlar: (231- 48- 34, 231- 10 - 64, (+99897 337-50-60.)
Manzil: Chexov ko’chasi 5-uy, Mo’ljal: Fedorovich klinik sanatoriysi, Lomonosov nomidagi MGU filiali, “Perfektum mobil” Bosh ofisi, Metroning Oybek bekati. Avtobuslar: 2, 7, 16, 26, 37, 60, 68, 80, 93; Y o’ n a l i sh l i t a k s i l a r: 17, 23, 30, 37, 67, 111: (marshrutka)
Обновлено 23.02.2012 21:02
Просмотров: 249
Категория: Televideniye

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida madaniyat va sportni rivojlantirishga qaratilayotgan doimiy e’tibor o‘zining yuksak samaralarini bermoqda. Sohada samarali faoliyat ko‘rsatayotgan hamyurtlarimiz mehnati munosib taqdirlanmoqda.
Poytaxtimizda madaniyat, san’at va sport sohasi namoyandalarini sharaflashga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali tadbirda bu jihatlar yana bir bor o‘z ifodasini topdi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirda san’at va sportning turli yo‘nalishlarida izlanayotgan ijodkorlar, ma’naviy merosimizni o‘rganishga munosib hissa qo‘shayotgan olimlar, sportchilar, ijodiy va jamoat tashkilotlari rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan istiqlol yillarida ma’naviy-ma’rifiy soha rivojiga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, san’atning o‘ziga xos maktab va an’analarini tiklash, ijodkorlar mehnatini munosib taqdirlash, ularni yangidan-yangi marralar sari ruhlantirishdek ulug‘vor maqsadlarga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.
San’at, madaniyat va sport sohasida milliy qonunchilik tizimining takomillashtirilishi, qator davlat dasturlarining hayotga tatbiq etilishi milliy san’atimizning ko‘plab turlari rivojlanib, xalqaro miqyosda keng e’tirof etilishiga, yurtimizdan o‘nlab sport turlari bo‘yicha jahon chempionlari, Olimpiada sovrindorlari yetishib chiqishiga xizmat qilmoqda. Bularning barchasi Vatanimizning xalqaro maydondagi obro‘si va nufuzi tobora yuksalishida muhim omil bo‘layotir.
Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi va g‘oyasi asosida 2011 yilda poytaxtimizda xalqimizning yuksak ijodiy-intellektual salohiyatiga mos muhtasham Simpoziumlar saroyi va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasidan iborat “Ma’rifat markazi” qad rostlagani mamlakatimizning madaniy-ma’rifiy hayotida ulkan voqea bo‘ldi. Ushbu majmua barchamiz uchun yuksak iftixor ramziga aylandi. Shuningdek, o‘tgan yili Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar vaToshkentshahrida o‘nlab madaniyat koshonalari, bolalar musiqa va san’at maktablari, ijodiyot markazlari, studiyalar barpo etildi.
Ko‘plab ijodiy festivallar, ko‘rik-tanlovlar, konsertlar tashkil etildi. Jumladan, “Sharq taronalari” sakkizinchi xalqaro musiqa festivali milliy musiqa san’ati bilan birga tinch va osuda hayotimizni, jamiyatimizdagi barqarorlik, hamjihatlik, ahillik muhitini tarannum etishda alohida ahamiyat kasb etdi. “Yagonasan, muqaddas Vatan!”, “Nihol” mukofoti uchun bo‘lib o‘tgan ijodiy tanlovlarda mustaqilligimizni, jannatmonand zaminimizni, mehnatsevar hamyurtlarimizni ulug‘lovchi musiqiy asarlar yaratildi, ko‘plab iste’dod sohiblari kashf etildi.
O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Badiiy akademiya, “O‘zbekteatr”, “O‘zbeknavo”, “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, “O‘zbekkino” milliy agentligi singari ijodiy va jamoat tashkilotlari tomonidan tashkil etilgan san’at haftaliklari, “Seni kuylaymiz, zamondosh!” respublika ko‘rik-tanlovi, “Toshkent bahori”, “Theatre/Uz –2011”xalqaro festivallari, VI Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi, turli badiiy va foto ko‘rgazmalar, konsertlar, ilmiy-ma’rifiy anjumanlar taassurotlarga boy bo‘ldi.
– O‘zbek qo‘shiqchilik san’atining jahon miqyosida e’tirof etilayotgani, unga bo‘lgan qiziqishning tobora ortayotgani Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan milliy san’atimiz rivojiga ko‘rsatilayotgan e’tibor samarasidir, – deydi O‘zbekiston xalq artisti, “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni sohibasi Munojat Yo‘lchiyeva. – Ijodiy yangilanishlarga boy bo‘lgan 2011 yilda Yevropaning ko‘plab mamlakatlari, Hindiston, Xitoy, Janubiy Koreyada o‘tkazilgan konsertlar, “O‘zbekiston madaniyati va san’ati kunlari” tadbirlari buning yorqin dalilidir. Davlatimiz rahbarining e’tibori har bir ijodkorni izlanish va ijodiy marralar sari ruhlantirmoqda.
– Shaxmatga juda qiziqaman, – deydi Qo‘qondagi 45-umumta’lim maktabining 7-sinf o‘quvchisi Gulruh Tohirjonova. – Mamlakatimizda bolalar sportini rivojlantirish, ayniqsa, qizlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etishga qaratilayotgan e’tibor tufayli Braziliyada o‘tgan shaxmat bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida, Filippindagi xalqaro musobaqada sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdim.
Tadbirda madaniyat, san’at va sport sohalarida yuksak muvaffaqiyatlarga erishgan bir qator hamyurtlarimizga sertifikatlar topshirildi. San’at ustalari, badiiy jamoalar, yosh ijrochilar ishtirokida katta konsert namoyish etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.Aripov so‘zga chiqdi.
O‘zA, Nazokat Usmonova, Sarvar O'rmonov (surat)
Обновлено 10.01.2012 08:43
Просмотров: 158
Категория: Televideniye

Ayol jamiyatning eng muhim bo’lagi ekanligini hech kim inkor etmaydi. Negaki, u ona, uy bekasi, rafiqa, opa-singil va qiz bo’lib oilada o’z vazifasini ado etsa, turli sohalarda zukko mutaxassis sifatida o’zini namoyon eta oladi. Mashhurlarni ko’pincha uyida ish qilmaydi, bular faqat ekranda chiqvolib, gapirishni bilishadi, deyishadi. Bugungi qahramonimiz orqali biz ushbu ta’rifni rad etishga urinamiz. Zero, mashhur ayollar orasida ham oilasini eplab qo’yganlari ko’pchilikni takshil etadi. Suhbatdoshimiz “Baxt formulasi” ko’rsatuvi muallifi va boshlovchisi Muhabbat Hamroeva bo’ladi...
Ishda
— Jurnalistik faoliyatingizning oilangiz uchun tekkan nafi?
— Judayam katta. Chunki bugungacha boshimdan nima kunlar o’tmadi, deysiz. Hatto ana shunday qiyin vaziyatlarda mushkullarimni oson qilgan jurnalistligim, kasbim bo’ldi. Bo’lmasa, qancha mablag’ sarflasang ham bitmaydigan ishlar edi, ular. Hozirgacha qaysi eshikka kirmay, qiyofamni tanib salom-alik qilishadi, shuning o’zi baxt emasmi? Yoki mana to’y boshlaganmiz, ko’plab san’atkorlarimiz shu quvonchli kunimga sherik bo’lib uchun o’zlarining beminnat xizmatlarini qilishayotgani-chi? Demak, bularning bari jurnalistligimdan kelayotgan naf. Ko’pchilik keksa kishilarimiz bilan gaplashganimda “Ilohim, kasbingizdan baraka toping”, deyishardi. Bu katta gap ekan.
— “So’nmas yulduzlar”, “Erta so’ngan yulduzlar” va “Baxt formulasi”. Qaysi birining toshi yengil keldi yoki qaysi biri siz uchun omadliroq bo’ldi?
— Agar bugungacha eslashadigan bo’lishsa, meni “So’nmas yulduzlar” ko’rsatuvim orqali eslashadi. Nega shu ko’rsatuvni davom ettirmayapsiz, axir u orqali odamlarni insofga chaqirib turardingiz, qaysi sohada bo’lmasin o’zidan qoladigan ishlar qilish kerakligi haqida uqtirardingiz, deyishadi. Demak, uning ham o’ziga yarasha tosh bosgan. “Erta so’ngan yulduzlar” orqali hayotdan bevaqt ketgan, hali yana ko’p ishlar qilishi mumkin bo’lganlarni yoritib, insonlarni vaqtdan unumli foydalanishga chaqirdik. “Baxt formulasi”da esa hayotimizda javlon urib halqqa xizmat qilayotgan insonlarni aks ettiryapmiz. Zero, shu ko’rsatuvga rahmatli san’atkorimiz Hojiboy Tojiboyevning o’rinli gaplari bilan asos solindi. Bir xotira konsertida mashhur kulgu ustasidan intervyu olganimda u kishi “Nega biz insonlarni faqat o’tganidan keyin xotirlaymiz. Ularni tirigida qadrlasak bo’lmaydimi, yo o’lding aziz bo’lding, deb shunga aytishadimi?” deganlarida hayotlik chog’ida faollik ko’rsatayotganlar haqida ko’rsatuv qilishni dilimga tugib qo’ygan edim. Shu niyat bugunga kelib amalga oshdi. Hozir biz “doska”ga yozilgan formulalar orqali insonga qanday baxtli bo’lsh mumkinligini uqtiryapmiz.
— “Baxt formulasi”dagi aynan o’sha formulalar bir-biriga o’xshab ketyapti...
— Dunyodagi hamma baxtli insonlar bir-biriga o’xshab ketadilar. Bilsangiz baxt ham harakatchan insonlarni qidiradi. Shu jumladan baxtsizlar ham bir-biriga o’xshaydi. Shuning uchun formulalar bir-biriga o’xshashdir.
— Ko’rsatuvingizning eng yaxshi kadrlari “kesilib” ketganda ko’nglingizdan o’tadiganlari...
— O’sha kuni mening o’lgan kunim bo’ladi. Hattoki, “dod”solib, stullarni urib yig’lashim ham mumkin. Bir marta shunaqa og’ir jarayon bo’lgan. Hamkasb ijodkorlarimizdan biri, ko’rsatuvim yozilgan kassetaning ustiga o’zining ko’rsatuvini yozib yuborgan. O’shanda bir hafta kasal bo’lib yotib qolganman. Axir o’zingiz o’ylang, birovning xonadoniga borib, uning yuragini tilka pora qilib, o’tgan yaqini to’g’risida ko’rsatuv tayyorlab keldingiz, keyin yana qaysi yurak, qaysi yuz bilan borasiz? Ko’rsatuvimning har bir kadri qalbimning naqshlari bo’lsa, demak kimdir uni payhon qilgan hisobi bo’ladi.

Oshxonada
— Kuningizning necha soati oshxonada o’tishi mumkin yoki haftaning necha kuni?
(Maza qilib kuladi) — Endi har kuni oshxonadaman. Chunki qizimni uzatdim. Mening Muhabbat bo’lishimga sabab bo’lgan qizim to’y bo’ldi. Axir bormanmi, yo’qmanmi u o’rnimni bildirmasdan oshxona ishlarini maromiga yetkazib bajarardi. Hozir juda alam qilyapti, qizlarni ikkita qilsam bo’larkan (yana kuladi). Savolga aniq javob beradigan bo’lsam, iloji boricha har kuni ertalab, chiroyli nonushta tayyorlashga va oila a’zolarining ko’nglini olishga harakat qilaman. Juma kunlari albatta holvaytar pishirishni kanda qilmayman.
— Oila a’zolaringiz yoqtirgan taomlarni aytib bera olasizmi?
— Turmush o’rtog’im buxorocha tuxum barak, oshni xush ko’radi. Farzandlarim esa manti, xonim kabi xamir taomlarni yaxshi ko’rishadi. Lekin men kamdan kam hollarda xamir taom tayyorlayman. Shunga juda erinaman.
— Bu taomlarni tayyorlashda qanchalik mahoratlisiz?
— Qo’lim juda shirin. Ayrim paytlarda telefonda ko’p gaplashib piyozni kuydirib yuborganimni inobatga olmasak, taomlarimdan hech kim noligani yo’q. Birozgina masalliqdan ham shirin taom tayyorlay olaman. Oilada ayol epli, tadbirkor bo’lishi lozim. Ro’zg’orni tartibga soladigan ayol ekanligini hech kim unutmasligi kerak. Tvda chiqvolib, chiroyli so’zlarni gapirib tursamu, oilamda saranjomlik bo’lmasa barchasi bekor.
— Qaysi taomni pishira olmaysiz?
— Shashlik-kabobdan tashqari deyarli barcha taomlarni pishira olaman.

Oilada
— Haligacha onangiz, turmush o’rtog’ingizning tanbehiga sabab bo’ladigan ishingiz?
— Ko’pincha telefonim ko’p jiringlagani va ish yuzasidan uyda kam ko’ringanimdan turmush o’rtog’im tanbeh beradi. Ikki-uch kun qo’ng’iroq qilmay qolsam onamdan gaplar yog’iladi.
— Qizingizga yoki o’g’illaringizga yoqmaydigan jihatingiz?
— Qizim hammaga mehribonlik qilishimni yoqtirmaydi. Farzandlarim esa ba’zida va’damni ustidan chiqa olmaganimni yoqtirishmaydi. Hatto, tug’ilgan kunlarida biror joyga olib borishni va’da qilamanu, keyin nimadir zarur ish bilan bu yodimdan ko’tariladi. Shunda o’zimni o’zim yomon ko’rib ketaman.
— Farzandlaringiz va turmush o’rtog’ingizda to’g’irlay olmayotgan xususiyatlaringiz?
— Ba’zi joylarda yaxshilik yo’lida yolg’on gapiring, desam ham turmush o’rtog’im “yo’q”, deya rad etadi. To’g’risini aytsangiz o’sha inson xafa bo’lib qolishi mumkin, maylimi desam ham “mayli”, deb ketaveradi. Oqni oq, qorani qora deydigan xo’jayinim bor (kuladi). Charchagan paytlarimda bolalarimga men uyda yo’qman, desam ham ular telefonni ko’tarib kelishadi. Oyijon biz qanday qilib yolg’on gapiramiz, axir o’zingiz hech qachon yolg’on gapirmanglar, deb o’rgatgansiz-ku, deyishadi.
— Hamroyeva hayoti davomida necha marotaba alamini ko’z yoshlaridan olgan?
— Eh-he, sanoqsiz. Aslida juda yig’loqiman. Lekin ko’z yoshimni hammaga ko’rsatmayman. Ko’pincha mashinada ketayotganimda yig’lab ketaman. Dardli qo’shiqlarni eshitsam yig’layman. Ayolning tog’dek irodasi bo’lsa ham diydasi bo’sh bo’ladi. Shuning uchun men yig’lamayman, degan ayolga ishonmayman. Kulib turgan ayol baxtlimi, tom ma’noda mukammalmi? Yo’q. Uning ham nimasidir kam. Lekin barcha narsaga jasorat topish kerak. Ko’ngli dasturxon emas, hammaga yoyib ketiladigan. Biroq, bu ko’z yoshlarning barchasi ham alamdan emas. Unda xursandchilik ko’z yoshlari ham bisyor.

She’riyatda
— She’r yozishingiz ham ko’pchilikka ma’lum. Kattagina kitobingiz ham nashr etildi. Nega unga Muhabbat Ato deya taxallus qo’ygansiz?
— Otamning ismlari Ato edi. U kishining nomlarini yuzaga chiqarish uchun Ato taxallusi bilan kitobim nashr etildi. Aslida ilk yozgan she’rim ham u kishining xotiralariga atab, bolaligimda yozilgandi. Shu she’r mening adabiyot olamiga kirib kelishimga sabab bo’lgan (ko’zlarida yosh paydo bo’ldi). Agarda shu birgina ishim tufayli otamning ruhlarini shod qila olgan bo’lsam, men baxtliman.
— Hamroyevaning baxt formulasi...
— Baxtli aurada tug’ilish + tug’ilganingdan keyin omadni o’zingga chaqira olish + harakat + hamisha odamlarga yaxshilik ilinish. Mana shu.
— Samimiy suhbat uchun sizga tashakkurlarimizni izhor etamiz.
— Rahmat.
Baxtiyor RASULOV
Обновлено 26.11.2011 10:00
Просмотров: 277
Категория: Televideniye

Bu ijodkorni siz yaxshi taniysiz. “O’zbekiston” teleradiokanalining “Kinoteatr” ko’rsatuvi orqali bugungi kino olami jarayonlarini o’ziga xos tarzda yoritib borayotgan Shoira Raufboyeva ayni paytda “O’zbekiston” telekanalidagi seriallar suratga olishda ham o’zining munosib hissasini qo’shyapti. Bunisi ham muhimmas, eng ahamiyatlisi bu yil Raufboyevaning Tvda faoliyat yuritayotganiga 20 yil to’libdi. Shuncha yil televideniye nonini yeyish qiyin kechmadimi, Tvga uni nima bog’laydi. Bugun ana shular xususida…
MA`LUMOT:
Navoiy viloyati Karmana tumanida tug’ilgan. 1984 yilda 15 maktabni tamomlagan. 2 iyul kuni Toshkentga kelgan va shu paytdan boshlab poytaxt a’zosi hisoblanadi. 1989 yilda Mirzo Ulug’bek nomidagi Toshkent davlat universitetini “Jurnalistika” fakultetini tamomlagan. 1991 yilda “O’zteleradiokompaniyasi”ning kino muharriyatiga ishga kelgan va hozirgacha shuyerda faoliyat yuritadi. Oilali. To’rt nafar farzandi bor.
Ijodiy faoliyatiga oid

— 20yildan beri bitta joyda ishlayverib zerikib ketmadingizmi?
— Yo’q.Ishimiz zerikarli emas.Kasbimizni tushunmagan ba’zi-bir tanishlarim hatto “yallo qilib, premerama-premera, kino teatrma-kinoteatr yurasiz”deyishadi. Lekin agar jiddiy javob beradigan bo’lsam, redaksiyama-redaksiya, kanalma-kanal ko’chib yurish mening fe’l-atvorimga to’g’ri kelmaydi. Kanallar o’zgarayotganda, boshqa redaktsiyalardan takliflar bo’lgan. Nimagadir jazm qilmaganman. Lekin bir marta 3 kishi ketib ko’rganmiz.Otabek Musayev, Adham Usmonov va men. O’shanda O’zbekistonda birinchi bo’lib xususiy TV ochgan edik. “Hilol-TV” degan. U yerda “Tilsim” nomli “Pole chudes”ga o’xshatma bir shou-ko’rsatuv ham tayyorlaganmiz. U davrlarda birorta xususiy kanal yo’q edi, biz birinchi bo’lganmiz. Va ba’zi sabablarga ko’ra birin–ketin tarqalishdik.
— Nega aynan kinoga bog’landingiz?
— Agar uyimdagilar ruxsat berishganida menham katta artist bo’larmidim bugunga kelib. Lekin bu haqda hatto so’rashga botinolmaganman. Toshkentga yuborishganining o’ziyam katta gapedi.U orzum faqat ichimda qolib ketavergan.Manabugun birinchi marta tilimga chiqaryapman. Lekin maktabda tadbirlar tashkil qilardim. Hech kim o’ynay olmagan rollarni o’zim o’ynardimva hokazo. Bir gal kampir bo’lib sahnaga chiqsam, sinf rahbarimiz “Kim bu?”deyatanimagan ekan. Keyin jurnalist bo’lishga qaror qildim. Fakultetimizda ikkinchi kursdan boshlab mutaxassisliklarga bo’linardi. O’shanda men TV va radio bo’limini tanlaganman. Hamidulla Akbarov domlaningdarslarini sevardim. Kinoga muhabbatim shu kishi tufayliyuzaga kelgan.
— Xo’p, buni tushundik. Ammo shuncha yillar faqat orqa planda ishlab kelganingizni tushunish qiyinroq... Hozirgilar ekranda ko’rinay deb TVga borishyapti.
— Ha, har qanday qulay vaziyatdan foydalanadiganlar ham bor. Men ularning toifasiga kirmayman. Lekin siz biroz xato fikrlayapsiz. Men har bir ochgan yangi ko’rsatuvimni avval o’zim olib borganman. Lekin Tvda ko’rinay deb emas, ishlay, o’z o’rnimni topay, deb kelganman. Ish faoliyatimni ham “Kino”redaksiyaning eng quyi vazifasidan boshlaganman. Ilgari shunday redaktsiya bor edi. Unda uchta bo’lim— “Ko’rsatuvlar”, “Dublyaj”hamda “Rejalashtirish”bo’limlari faoliyat ko’rsatardi. Men “Rejalashtirish” bo’limida filmlarni zahiraga tayyorlardim. Boshlig’imiz kimni jazolamoqchi bo’lsa, o’shani meningo’rnimga o’tkazardi. Avf etilsa, men yana o’z o’rnimga qaytardim. Lekin shu bilan birga narigi bo’limdagi juda mashhur ko’rsatuv— “Olamga sayohat”ni tayyorlashda ishtirok etardim. “Ko’rsatuvlar”bo’limiga o’tish uchun ko’p mehnat qildim. U paytlari kela solib, ekranga chiqib ketilavermasdi.Shundan keyin “Kino, kino, kino”, “Kinoning ming bir olami”, “Qiyofa”, “KinoTeatr”ko’rsatuvlariga muallif va boshlovchilik qildim.
— Ko’rsatuvlaringizni tez-tez o’zgartirishingizga sabab nima?
— Ba’zan mavzular eskiradi, ko’rsatuvlar o’z umrini yashab bo’ladi. Ba’zilari bir yilda, ba’zilari uch yilda. Farzandlarim mana shu ko’rsatuvlarim orasida dunyoga kelishgan.

— Tomoshabin nazarida bugunga kelib ko’rsatuvlar ancha sayozlashgan…
— TV-bu hayotimizning yuziga tutilgan oyna. Aksimizdan ko’nglimiz to’lmasa, oynadan xafa bo’lishning hojati yo’q. Shaxsan o’zimga qancha talabalar ish o’rgating, biz ham suratga olishga chiqaylik, ko’rsatuv tayyorlaylik, deb kelishadi. Ochig’i, ikki qator yozganidan ham ko’nglim to’lmaganlarining sanog’i yo’q. Avvalo o’z sohasini sevish kerak. Shuning uchun men 25 daqiqalik efirni vaqtning o’tishi uchun emas, balki ko’ngil to’lishi uchun tayyorlayman.
— TVda bir-birini mensimaslik kuchli deyishadi. Siz tomonga ham “tosh otilib”turadimi?
— Sezmagan ekanman. Men hozir shunday katta-katta rejalar qilganmanki, bunday mayda-chuydalarga e’tibor berishga vaqtim yo’q. Mayda odamlar mayda gaplarga o’ralashib yurishadi menimcha. Bo’sh vaqtlari ko’pda. Lekin TVda yaxshi odamlarni ko’p ko’rdim. Siz aytayotganlar bizda juda kamchilik.
— Boshqa kino ko’rsatuvlari haqidagi fikrlaringizni so’ramay qo’ya qolay…
— Nega endi, so’rang! Bunday ko’rsatuvlar bizdan oldin ham bo’lgan, bizdan keyin ham bo’ladi. Men boshqa kino ko’rsatuvlarini o’z ko’rsatuvimga raqobatchi deb emas, shu sohada xizmat qilayotgan biznikiga o’xshagan yana bir ko’rsatuv deb bilaman. Lekin ochig’i menga “Kinomaniya”ning , umuman “Yoshlar” telekanalining kinoko’rsatuvlarga, filmlarga bo’lgan munosabati yoqadi.
Shaxsiy hayotiga oid

— Kun tartibingiz qanday? Har doim chop-chop qilib yurasiz?
— Yaxshi yashash uchun ko’p ishlash kerak. Hayot meni shu tartibga o’rgatdi. Kun tartibim juda tig’iz. Soat oltida turganimcha, nechada boshim yostiqqa tegishini Xudo biladi. Ish, qiziqishlar, to’rtta bola, oila va turmush o’rtog’im…Hammasiga ulgurishim kerak. Lekin menga ana shunday hayot yoqadi.
— Turmush o’rtog’ingiz turizm vakili bo’lsa, ko’p sayohat qilasizmi?
— Ha, shukrki dunyoningyarmini ko’rdim. Goh turmush o’rtog’im sabab, gohida o’zim grant yutib degandek.Ayrim yurtlarga TV vakili sifatida emas, “Yasmina ARK”studiyasining direktori sifatida borganman.
— Siz gapiryapsizu, men hayotda qiyinchiliksiz ham shuncha narsaga erishib bo’lar ekan,deb o’ylayapman...
(kulib) — Shunaqa deb o’ylaysizmi? Bu hayotda qiynalmagan odam bormikan, ko’rsatingchi menga. Biz ham ana shu taqdirni chetlab yoki sakrab o’tganimiz yo’q, yashab o’tdik. Birgalashib, turmush o’rtog’im bilan. Birgina misol, TV ga ishga kelganimda, katta o’g’lim uch yarim yoshlarda edi. Bog’chaga borardi. Redaksiyamizdagi boshqa ayollar soat 5 dayoquylariga ketishardi, men yosh xodim sifatida 6 gacha o’tirishim shart bo’lgan. Ishdan keyin chiqib 4-trolleybusga o’tirardim. Trolleybus o’lgur ham o’g’lim boradigan bog’chagacha naqd 45 daqiqayurardi. Shu transportni shoxi chiqib ketadigan kasali bor, bilasiz.Tok o’chib qolishi mumkin. Shunday paytlarda ham men o’tirishga majbur edim. Tushib, boshqa transportda ketishga ortiqcha besh tiyinim bo’lmas edi-da. O’g’lim “oyijon oydinda keling, oydinda”deb yalinishlarini haligacha unutganim yo’q. Oydin degani, ertaroq keling, degani edi. Shukr, shunday kunlar ham ortda qoldi. Garchi u kunlar ortda qolgan bo’lsa-da, o’sha kunlardan xotira sifatida shu to’rtlikni tez-tez eslab turaman.
Unutar ekansan ko’z yoshlaringni,
Unutar ekansan alamlaringni.
Lekin unutishing qiyin bo’larkan,
Unutishga ketgan bardoshlaringni.
— Oppoqqina “Lasetti”minib yuribsiz. Har xolda bu TVning ortidan kelmagandir?
— Nega endi bunday deb o’ylayapsiz? To’g’ri,asosiy qismini turmush o’rtog’im to’laganlar, lekin kreditning oxirini qizim tug’ilishidan oldin beriladigan pul bilan uzganman.

— Xususiy studiya ochvolibsiz?
— Kichikroq do’konim bor edi. Shuni ishini eplolmaganimiz sabab, yopib, studiya ochdim. Negaki, har kim o’z bilganini qilsin ekan. Hozirda “Yasmina Ark” studiyasining ham ishlari anchagina jadallashib qoldi.
— Demak, farzandlaringiz uchun ish ham tayyor ekanda?
— Yo’q, men ularni boshqa sohalarda ishlashlarini xohlayman. Katta o’g’lim oltita tilni biladi. Xorijda o’qidi. Yaqinda uni uylantirdik. Endi o’z aravasini o’zi tortadi. Tarjimonlik borasida u yaxshigina tajribaga ega. Ikkinchi o’g’lim tish shifokori bo’lmoqchi. Uchinchi o’g’lim “Paxtakor” futbol klubiga qatnaydi. Qizalog’im esa sal katta bo’lsa qaysi sohani tanlashini o’zi aytadi (jilmayadi).
Baxtiyor RASULOV
Обновлено 14.12.2011 23:07
Просмотров: 516
Категория: Televideniye

“10x10” loyihasining navbatdagi mehmoni mashhur teleboshlovchi Nilufar Umrzoqova. Ijodkorimiz yaqindagina namoyish etilgan “Imtihon” serialida bosh qahramon obrazini yaratib, aktyorlikda ham o’zini namoyon eta olishini isbotladi. Bugun shu va boshqa savollar sahifamiz mehmoniga tortiq etiladi...
—Sizni Tvga yetaklagan BIRINCHI omil?
—Eng asosiysi televizorga chiqish bo’lgan.
—“Imtihon” serialida suratga tushishingizning IKKIta sababi?..
1. Aktrisa sifatida o’zimni sinab ko’rmoqchi bo’lganligim.
2.Bu taklifni eshitganda rejissyor Mirmaqsud Oxunovning ham rozi bo’lgani.
—Tabiatingizga xilof tarzda amalga oshirishga majbur bo’ladiganUchta ishingiz?..
2.Borgim kelmagan joylarga ham borishga majbur bo’laman.
3. Garchi pul bergim kelsa-da, berolmayman.
—Doimoko’nglingizni ko’tarib turadiganTO’RT inson?..
1.Ota-onam.
2. O’g’lim.
—Ona sifatida sizga yoqimli BESHodat?

— Tvda siz o’rnak olgan OLTI ijodkor?..
— Ko’rsatuvlaringizning YETTI kamchiligi yoki muvaffaqiyati…
2.Materialni to’laqonli o’rganmasligim (kamchilik).
3.Dangasaligim (kamchilik).
4.Tanqidni ko’tara olaman (muvaffaqiyatim).
5.O’zim haqimda yuksak fikrga egaman (bu kamchilikmi, yutuqmi bilmayman).
6.Kamchiliklari ko’p bo’lsa ham ko’rsatuvimning muxlislari anchaginaligi (muvaffaqiyatim).
7.Muntazam yangilikka qo’l urishga harakat qilishim (muvaffaqiyatim).

— O’zbek yoki xorij Tvsida siz doim kuzatib boradigan SAKKIZ ko’rsatuv?
— O’g’lingiz yaxshi ko’radigan TO’QQIZ buyum yoki odatlar?
1.Kompyuter va noutbuklar.
2. Skripka.
3. Telefon.
4. Kiyinish.
5. Pul.
6. Sport anjomlari.
7. Hayvonlarni boqish.
8. Mashina minishni yoqtiradi.
9. Yolg’on gapirding, desa chidolmaydi.
Qo’shimcha sifatida shuni aytishim kerakki, o’g’lim hozir Angliyada o’qishga tayyorlanyapti. Dala – hovlilarda yashagisi keladi. Yozgi ta’tilda u quyon boqdi. Mebel ustasiga shogird tushdi, karnizlar qoqib pul topdi va ilk ishlab topgan pulidan menga sovg’alar olib keldi. Shunaqa xursand bo’ldimki... Axir u endigina 16 yoshga to’ldi.

— Nilufar Umrzoqova bo’lib shakllanishingizga turtki bo’lgan O’Nta qoida?..
O’ylaymizki, siz uchun Umrzoqovaning ko’pgina sirlarini ochishga muvaffaq bo’ldik.
Baxtiyor Rasulov
Maqoladan foydalanish taqiqlanadi!
Обновлено 21.09.2011 20:30
Просмотров: 325