Категория: FundForum xabarlari Автор: Baxtiyor Rasulov

Fond Forum hamda «Kelajak ovozi» Yoshlar tashabbuslari markazining eng yirik loyihalaridan biri “Biz bir jamoa, biz bir oila” aksiyasi viloyat hokimliklari, Ijtimoiy tashabbuslarni qo’llab-quvvatlash fondi, “Ayollar kengashi” Respublika jamoat birlashmasi, BMTning aholishunoslik bo’yicha jamg’armasi (UNFPA), K.Adenauer fondi bilan hamkorlikda shu yilning 26 martidan 24 apreliga qadar Respublikamizning barcha viloyatlarida o’tkaziladi. Aksiya doirasida turli yo’nalishlarda navbatdagi tadbirlar: Yoshlar tashabbuslari forumi, «Ta’lim va karyera» ko’rgazmasi, “Hayot uchun” hayriya oilaviy forum-marafoni, «Kelajak ovozi - 2012» Respublika yoshlar tanlovning targ’ibot aksiyasi, «Dilemma» hududiy diskussion turniri finali, «Yoshlar jurnalistikasi taraqqiyoti» mavzuida trening, «Yosh veb-dasturchilar maktabi» targ’iboti va dastlabki saralash bosqichi, «Sog’lom yoshlar» aksiyasi, xorijiy tillar va ijtimoiy faollik mavzularida treninglar hamda tadbirning yorqin yakuni tariqasida estrada yulduzlari ishtirokidagi gala konsert o’tkaziladi.
“Biz bir jamoa, biz bir oila” aksiyasining bosh maqsadi yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning tashabbuslarini har tomonlama qo’llab-quvvatlash, Fond Forumning yoshlarga qaratilgan loyihalari haqida yanada ko’proq ma’lumot olish, hududiy tashkilot va muassasalar bilan yaqindan hamkorlik o’rnatishdir.Mazkur aksiyaning o’ziga xos jihati loyiha yoshlarning o’zlari tomonidan tashkil etilib, ular bir necha hafta davomida mamlakatimizning barcha hududlariga tashrif buyuradilar va o’z tengdoshlari, yoshlar safini kengaytirish hamda birlashtirishga qaratilgan qator tadbirlarni amalga oshiradilar. An’anaviy tarzda olti yildan buyon loyiha doirasida tashkil etilayotgan turli mavzulardagi seminar-trening, davra-suhbatlari va ko’plab ijtimoiy tadbirlarda ishtirok etish ishtiyoqidagi yoshlarning soni yildan-yilga ortmoqda. Xususan, o’tgan yilda ularning soni 200 000 nafardan ziyodni tashkil etdi.
Aksiyaning kunlik ish dasturi matbuot anjumanidan boshlanib, uning doirasida hududiy OAV vakillari tadbir yuzasidan o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari hamda aksiyaning kun tartibi, tadbirlari va rejalari bilan tanishishlari mumkin.
Yoshlar tashabbuslari forumining ishtirokchilari iqtidorli yoshlar, talabalar, faollar va YOTMning turli loyihalari qatnashchilari, mahalliy hokimliklar vakillari, oliy va o’rta maxsus ta’lim muassasalari, yoshlarning mehnat va ijtimoiy himoyasi boshqarmasi, savdo-sanoat palatasi, ommaviy axborot vositalari vakillaridan iborat bo’ladi. Forum doirasida ta’lim va yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, yoshlarning kichik biznesdagi roli va o’rni, istiqbolli innovatsion, ratsionalizatorlik va texnik loyihalar, yoshlarni ish bilan ta’minlash faoliyati, OAV sohasida modernizatsiya jarayoni va ustuvor vazifalar mavzularida yoshlar tomonidan taqdim etilgan turli loyihalarning qizg’in muhokamasi hamda ularni hayotga tatbiq etish bo’yicha fikr almashinuvlar bo’lib o’tadi. Ushbu baxs-munozaraning har bir viloyatdagi ishtirokchilari soni 200 nafardan ziyodroq bo’lishi ko’zda tutilgan.
Bundan tashqari har bir viloyatda “Respublika yoshlarni ish bilan ta’minlashga ko’maklashuvchi markaz” va qator muassasalar bilan hamkorlikda «Ta’lim va karyera» ko’rgazmasi bo’lib o’tadi. Unda hududiy OTM va kolllej, litseylarning bitiruvchi yoshlari ishtirok etadilar.Ularga o’qish yoki ish faoliyatlarini davom ettirish uchun zaruriy ko’rsatma hamda yo’nalishlar beriladi. Shuningdek, yirik tashkilotlar tomonidan bo’sh ish o’rinlari ham taqdim etiladi. Malakali mutaxassislar kollej, akademik litsey va maktablarning bitiruvchilariga o’qishlarini davom ettirishlari mumkin bo’lgan Respublikamizdagi oliy o’quv yurtlari haqida ma’lumotlar, OTM yoshlariga kasb tanlash, ishga joylashish hamda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish xususida ahamiyatli maslahatlar beradilar.
Yoshlarga dasturlash, veb-dizayn va 3D texnologiyalari asoslari yuzasidan ko’nikma berishni maqsad qilgan “Yosh veb-dasturchilar maktabi” “Kelajak ovozi” YOTMning mashhur va samarali loyihalaridan biriga aylangan. Taqdimot davomida viloyatlardagi veb-dasturlash faoliyatini boshlayotgan yoshlar kelgusi maktab haqida batafsil ma’lumot olishlari hamda ishtirok uchun saralash bosqichidan o’tishlari mumkin.
“Biz bir jamoa, biz bir oila” aksiyasi o’z kun tartibida so’z ustalari uchun ham “Yoshlar jurnalistikasi taraqqiyoti” mavzusida trening o’tkazadi. Treningda jurnalistikaga qiziquvchi yigit-qizlar hamda hududiy “Kelajak press” matbuot markazlarida faoliyat yuritadigan yosh jurnalistlar ishtirok etadilar.
“Dilemma” munozaralar klubi o’yini hududiy bosqichida bahs va munozaraga ixlsmand yoshlar ishtirok etadi. Tadbir ishtirokchilari rus va o’zbek tillaridagi qizg’in muhokamalarning guvohiga aylanadilar. Hududiy bosqich g’oliblari Respublika miqyosidagi o’yinlarga yo’llanma oladilar.
Aksiyaning yana bir eng qiziq tadbiri, uch yildirki yoshlarning keng qamrovli qiziqishlariga sabab bo’layotgan xorijiy tillar bo’yicha treningdir. Yetakchi trener-mutaxassislar noan’anaviy yo’sindgi qiziqarli mashg’ulotlarni ingliz, fransuz va nemis tillarida olib boradilar.
Yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib etish maqsadida “Biz bir jamoa, biz bir oila” aksiyasi doirasida birinchi marta «Sog’lom yoshlar» aksiyasi o’tkazilmoqda. Ushbu aksiyaning maqsadi yoshlarning sog’lom turmush tarzini olib borish va reproduktiv salomatlik bo’yicha bilimlarini interfaol o’yinlar yordamida oshirish hisoblanadi. Aksiyaning bosh tashkilotchilari Ijtimoiy tashabbuslarni qo’llab quvvatlash fondi va BMTning aholishunoslik bo’yicha jamg’armasidir.
Ikki yildan buyon sog’lom turmush tarzi mavzusini davom ettirgan holda “Hayot uchun” xayriya forum marafoni tashkil etilmoqda. Marafon ishtirokchilari nafaqat o’z g’ayratlarini hayriya yo’lida safarbar etadilar balki, tashkilotchilarning qimmatbaho, esdalik sovg’alari bilan mukofotlanadilar ham. Marafon doirasida ramziy futbolka va boshqa suvenirlarning savdosidan olingan barcha mablag’ ko’krak bezi saratoni bilan kasallangan ayollarga safarbar etiladi. Yakuniy «Uzbekistan Race for Cure» hayriya forum marafoni esa 1 may kuni Toshkent shahrida Susan G. Komen jamg’armasi bilan hamkorlikda o’tkaziladi.
“Kelajak ovozi” tanlovi axborot aksiyasi ishtirokchilariga Fond Forum va “Kelajak ovozi” YOTMning yoshlarga qaratilgan barcha yirik loyihalari haqida batafsil ma’lumot beriladi. Tadbir interfaol o’yinlar, qiziqarli taqdimotlar shaklida o’tkaziladi. Shuni ta’kidlash joizki, ayni damda “Kelajak ovozi -2012” Respublika yoshlar tanloviga hujjatlar qabul qilinmoqda.
Va albatta, kun davomida bo’lib o’tgan “Biz bir jamoa, biz bir oila” aksiyasining yorqin va yuqori kayfiyatdagi yakuni tariqasida estradamizning mashhur yulduzlari Ulug’bek Raxmatullayev, Ziyoda, Ruxshona, Shoxruhxon, Baxtiyor Raxmonov, Dilso’z, Munisa Rizayeva, Oybek va Nigora, “Zarba” va “Saxro” guruhlari, yosh umidli xonandalar, “Nihol” mukofoti sovrindorlari, “Kelajak ovozi” tanlovi g’oliblari, “Yangi avlod” bolalar ijodiyoti festivali laureatlari ishtirokidagi gala konsert bo’lib o’tadi. Kun davomida bo’lib o’tgan tadbirlarda faol ishtirok etgan yigit-qizlar, tashkillashtirilgan tanlovlarda g’olib bo’lgan yoshlar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadi.
Ma’lumot o’rnida aytish joizki, Fond Forum vasiylik kengashi raisi Gulnora Karimova tashabbusi bilan tashkil etilgan «Kelajak ovozi» yoshlar tashabbuslari markazi jamg’armaning yoshlarga qaratilgan ko’plab loyiha g’oliblari va faol yoshlarni turli yo’nalishlar bo’yicha birlashtiradi. Xususan, “Ta’lim grantlari” dasturi, “Iqtidorli talabalar uchun stipendiyalar” dasturi, “Kelajak ovozi” iqtidorli yoshlar tanlovi g’oliblarining loyiha va takliflarini hayotga tadbiq etish, ijodiy tashabbus va g’oyalarini qo’llab-quvvatlashda yaqindan ko’maklashib kelmoqda. Bugungi kunda YOTM mamlakatimizning barcha viloyatlarida o’z bo’limlariga ega.
Aksiyaning o’ztkazilish muddatlari:
· Sirdaryo viloyati– 26 mart
· Jizzax viloyati – 27 mart
· Navoiy viloyati – 29mart
· Xorazm viloyati – 31 mart
· Qoraqalpog’iston Respublikasi – 2 aprel
· Buxoro viloyati – 4 aprel
· Surxondaryo viloyati – 6 aprel
· Qashqadaryo viloyati – 9 aprel
· Samarqandviloyati – 11 aprel
· Namangan viloyati – 16 aprel
· Andijon viloyati – 17 aprel
· Farg’ona viloyati – 18 aprel
· Toshkent viloyati – 24aprel
Обновлено 27.03.2012 05:09
Просмотров: 26
Категория: FundForum xabarlari Автор: Super User

2011 yil 15 sentyabr. Jahondagi eng nufuzli moda haftaliklaridan biri — New York Mercedes-Benz Fashion Week doirasida GULI Collections Bahor-Yoz-2012 liboslar to’plami namoyishi bo’lib o’tdi. Katta shov-shuvlarga sabab bo’lgan ushbu tadbir haftalik dasturida ko’rsatilganidek, 2011 yil 15 SЕNTABR kuni o’tkazildi. Bundan bir qancha muddat ilgari GULI Collections hamda New York Mercedes-Benz Fashion Week tashkilotchisi IMG WORLDWIDE, INC. kompaniyasi o’rtasida o’zaro kelishuv e’lon qilingan edi. Unga ko’ra, namoyish mashhur Cipriani restoraniga ko’chirildi. Ushbu restoranda avvallari Mark Jeykobs singari taniqli dizaynerlar o’z to’plamlarini keng jamoatchilik e’tiboriga havola etilgan.

GULI to’plami 2011 yilgi bahor-yoz mavsumida urf bo’lishi kutilayotgan liboslarga o’z yondoshuvni bildirish bilan birga o’zbek yoshlarining ijodiy salohiyatini namoyish etdi. Unda mamlakatimizda dizayn va moda rivojlanishi hamda an’anaviy milliy madaniyatni qo’llab-quvvatlash an’analari yaqqol aks etgan. Ma’lumki, GULI brendi muallifi va asoschisi Gulnora Karimovaning loyihalaridan biri tikuvchilikning qadimiy turlari, matolarni tabiiy bo’yash, an’anaviy kashtachilik texnologiyalarini qayta tiklashga qaratilgan bo’lib, ushbu maqsadda sulolaviy hunarmandlarga grantlar ajratiladi.

An’analar va zamonaviylik, sharqona o’ziga xosliklar va zamonaviy yo’nalishlar uyg’unlashuvi GULI Collections mahsulotlarining asosiy g’oyasidir. 2012 yil bahor-yoz mavsumiy to’plamini yaratishda Buxoro vohasining mayin, nozik bo’yoqlaridan ilhom olingan bo’lib, ulardagi yorqin va betakror ranglar liboslarda o’zgacha ma’no kasb etadi. To’plam 23 ta ayollar va 7 ta erkaklar liboslaridan iborat.

GULI to’plami asrlar shiddatiga dosh bergan va haqli ravishda dolzarblik kasb etuvchi an’analarga e’tibor qaratadi. Ipakka tushirilgan nozik naqshlar, an’anaviy matoga gul bosish uslubi, ayniqsa, Sharq xashamati deganda kishining ko’z o’ngida gavdalanuvchi Buxoro zardo’zligi — bular to’plamdagi liboslarning yorqin va umumlashtiruvchi jihatlardir. Sharqona va yevropaliklarga xos bo’lgan uslublarning mohirona birlashtirilishi to’plamga o’zgacha zeb bergan. Zamonaviy matolar, fransuz to’rlari, tafta va charm o’zbek matolariga did bilan birlashtirilgan. To’plamda qadimiy texnologiyalar asosida yaratilgan noyob ipak matolar – atlas, shoyi, ekselsiordan foydalanilgan bo’lib, ular uzun, to’piqqacha bo’lgan muloyim bo’yoqlardagi liboslarga unutilmas ko’rinish bag’ishlagan.

GULI taqdim etgan zargarlik bezaklari to’plamga nafosat va yaxlitlik baxsh etgan, bezaklar obrazlarni yanada to’ldirgan. GULI zargarlik to’plamida jahonning turli hududlaridan olib kelingan noyob qimmatbaho va oddiy toshlardan foydalanilgan. O’zgacha shakllar, ranglar liboslarga betakror tabiiylik, o’zgacha nazokat baxsh etgan.

Namoyish mehmonlari orasida Gollivud aktyori Kari Tagava, «Marie Claire» nashri bosh muharriri Abigeyl Pest, bosh balerinalar Anna Sergeeva va Irina Svorovenko hamda Loik Guzer («Christies» auktsion uyi), Karolin Rafaelyan hamda Jovanni Feroche («Alex & Ani» zargarlik kompaniyasi), Enni Tota (Syuzan Komen nomidagi jamg’arma), Mark Furlong (Forbes), Robert Vakka, Ted Xarbert (NBC Universal kompaniyasi) singarilarni tilga olib o’tish mumkin. Namoyish etilgan to’plamdan katta zavq olgan mehmonlar sahnaga chiqqan dizayner, yosh hunarmandlar – tikuvchilar, ipak matoga naqsh tushirish ustalari, lazerda charm kesish bo’yicha mutaxassislardan iborat GULI Collections ijodiy guruhini uzoq olqishlab turishdi.

To’plamni tayyorlashda ishtirok etgan GULI Collections jamoasi va uning muallifi Gulnora Karimova IMG WORLDWIDE, INC. kompaniyasi, namoyish mehmonlari, faollar, O’zbekiston, AQShlik yoshlar hamda befarq bo’lmagan barcha insonlar (Diana Fon Fyorstenberg, Dominikko va Juliya Vakka, Yakob Arabo, Andrey Malaxov, Vladimir Solovev, Marta Morzotto va boshqalar)ga defile oldidan boshdan kechirilgan qiyin va murakkab paytlarda ijodiy jamoani qo’llab-quvvatlagani uchun chuqur minnatdorlik izhor etadi.
Обновлено 19.09.2011 12:26
Просмотров: 716
Категория: FundForum xabarlari Автор: Ulug'bek Po'latov
2011-09-15

Art Week Style.uz 2011 (23-28 октябрь) хафталиги арафасида Фонд Форум, Тошкент Енгил саноат ва тўқимачилик инстититути, «Осиё рамзи» Ўзбекистон модельерлари уюшмаси ҳхамкорлигида бешинчи маротаба Хонатлас фестивали ўтказилади. Намойиш 29 сентябрь куни соат 18.00 да Тошкентдаги Миллий санъат марказида бўлиб ўтади. Тўқимачилик институти тал
...Категория: FundForum xabarlari Автор: Ulug'bek Po'latov
2011-09-15

Жаҳондаги энг нуфузли мода ҳафталикларидан бири — New York Mercedes-Benz Fashion Week доирасида GULI Collections Баҳор-Ёз-2012 либослар тўплами намойиши бўлиб ўтди. Катта шов-шувларга сабаб бўлган ушбу тадбир ҳафталик дастурида кўрсатилганидек, 2011 йил 15 СЕНТЯБРЬ куни ўтказилди. Бундан бир қанча муддат илгари GULI Collections ҳамда New
...Обновлено 14.09.2011 13:00
Просмотров: 38
Подробнее: New York Mercedes-Benz Fashion Week доирасида GULI Collections Баҳор-Ёз-2012 намойиши
Категория: FundForum xabarlari Автор: Ulug'bek Po'latov
2011-09-14

Art Week Style.uz-2011 санъат ҳафталиги арафасида 5 октябрь куни соат 19.00 да пойтахтимиздаги «Туркистон» санъат саройида россиялик машҳур дирижер Владимир Спиваков бошчилигида МДҲ мамлакатлари Ёшлар симфоник оркестрининг концерт дастури бўлиб ўтади. Мазкур концерт дастури оркестрнинг махсус турнеси доирасида ташкил этилган бўлиб, бундан
...Обновлено 13.09.2011 13:00
Просмотров: 39
Подробнее: МДҲ мамлакатлари Ёшлар симфоник оркестрининг концерт дастури