Mashhur.uz

Switch to desktop Register Login

GOLLIVUD “ABADIY YOSHLIK” VASVASASIDA! MERILIN MONRO, MAYKL JEKSON, KATRIN ZETA JONS va boshqa mashhurlarning ANTIQA PLASTIK OPERATSIYALARI…

Gollivud azaldan “abadiy yoshlik” vasvasasiga chalingan. Bugungi kunga kelib hatto juda iste’dodli aktrisalar ham30 yoshdayoqishlariniyo’qotishdan qo’rqib boshlashadi, chunki aksariyat kinostudiyalar o’smir yoshlarni kinozallarga jalb qilish payida yurishadi, ular esa ekranda o’z tengdoshlarini ko’rishni istashadi. Bunday paytda Sheron Stoun yoki Meril Strip nima qilishi kerak? Keksalarrolini o’ynashga o’tishi kerakmi yoki plastik jarrohga uchrashishi? Ko’pincha san’atkorlar ikkinchi yo’lni tanlashadi.

“QASSOBLAR” TAJRIBALARI

Gollivudga plastik jarrohlik o’tgan asrning yigirmanchi yillarida kirib keldi. U paytlar studiyalar juda qattiqqo’l bo’lishgan, yulduzlar prodyusserlarining ishorasisiz hatto bir qadam ham tashlashmagan. Rahbariyat ko’rsatmasiga asosan uylanishgan, ajrashishgan, farzand ko’rishgan va albatta plastikoperatsiya qildirishgan.

U paytlar plastikjarrohlik juda xavfli bo’lgan va ko’pincha aktyorlar tajriba obyektiga aylanishgan. Shuning uchun ham bunday jarrohlarga ular “qassob” deb laqab taqishgan. Bunga asos ham bor edi-da. Masalan, Meri Pikford navbatdagi teri torttirish natijasida ingichka labli murdaga o’xshab qolgan, aktrisa va qo’shiqchi Karmen Miranda umuman tabassum qilolmaydigan bo’lgan. Lyusil Bol esa aksincha, operatsiyadan so’ng “kuydirgan kalla”ga o’xshab umumay og’zini yopolmay qolgan.

BOSHLAB OLSANGIZ BO’LDI

Ikkinchi jahon urushi davrida plastikjarrohlik ilgarilab ketdi. Shifokorlar yarador askarlarga chandiqlarini yashiruvchi operatsiyalar qilishni o’rganishdi. Gollivud esa jarrohlarning eng iste’dodlilarini o’zi tomon chorlayboshladi. Ma’lumki, afsonaviy Merilin Monro uning iyagini jarrohlar to’g’rilashganliklaridan keyingina mashhur bo’la boshlagan. Buning kuchini o’zida his qilgan Merilin jarrohlarga qatnashni kanda qilmay qo’ydi.

Yulduzlar plastikjarrohlar operatsiya stoliga yotganliklarini ko’pincha rad qilishadi. Masalan, marhum Maykl Jekson ko’rinishini tamomila o’zgartirgan bo’lsada, tirikligida atigi ikki marta rinoplastika(burun plastik operatsiyasi) qilinganini tan olgan xolos.

“YO MЕN, YO JARROH”

Sheron Stoun, Syuzan Sarandon, Tori Spelling va Brittani Merfi hayotlarida hech qachon plastik jarrohlarga murojaat qilmaganliklarini ta’kidlashadi. Biroq ularga kim ham ishonardi?

Kortni Lav va Charli Shin kabi Gollivudning jasur san’atkorlarigina bunday chorani o’zlarida qo’llashganini tan olishadi. Jumladan Charli shunday deydi: “Men tez-tez terimni torttiriman. Buning nimasi yomon? Tashqi ko’rinishim ishimning bir qismi-ku!”

“Yosharish”ning ashaddiy fidoiylari – Melani Griffit va Demi Mur. Melani botoks inyektsiyasi(ajinlarni vaqtincha yo’qotuvchi ukol)ni o’zida sinab ko’rgan ilk Gollivud yulduzidir. Shundan so’ng u bu mashg’ulotga shu qadar berilib ketdiki, uning yuzi muzlatilgan niqobga o’xshab qoldi. Quyosh nurlari ostida yotish esa yuzining rangi to’q qizilga aylanishiga olib keldi. Aktrisaningeri Antonio Banderas o’z ustida tajribalarini tugatmasa,undan ajralishini aytganidan so’nggina u “xobbi”sidan voz kechdi.

YAXSHI HAM ULARNI KO’RMAYMAN

Bir-necha yil tasvirga tushmay 2003 yilda katta ekranga qaytgan 40 yoshli Demi Mur vaqtini bekor ketkazmadi. U plastik jarrohlar cho’ntaklarini bir necha yuz ming dollarga qappaytirdi: liposaksiya, ko’krak implantantlarini almashtirish, labga kollagen ukolini qilish, yiliga uch marta botoks va ko’plab boshqa operatsiyalar...

Mashhur aktrisa “Xilton” mehmonxonalar imperiyasining merosxo’ri Peris Xilton ham o’z ko’rinishidan qoniqmay burnining shaklini o’zgartirgan.

Katrin Zeta Jons esa ko’plab yillar ilgari o’z tashqi ko’rinishi ustidan turli tajribalar o’tkazib bo’lgan. U yuzini operatsiya qildirishni 23 (!) yoshida boshlagan. Ko’zlari atrofidagi kichik ajinlarni oldirgan. Uning eri Maykl Duglas ham “abadiy yoshlik” tarafdori. U ham tez-tez “yasharib” turadi.

“Keksayotgan aktyor yoki aktrisa 28 yoshdagidek ko’rinishni istashi kulgili,” deydi aktyor va rejissyor Klint Istvud. “Chunki bugungi kunda Gollivudda 28 yoshlilar ham ish topishga qiynalishadi. Afsuski, yoki xayriyatki, biz butun umr 18 yashardek ko’rinmaymiz, biroq kamdan kam odam buni tan olishga qodir”.

Shunday bo’lsada, ijtimoiy fikr aksariyat Gollivud san’atkorlariga ta’sirini o’tkazmay qo’ymaydi.

“Terapevt shifokorimning oldiga borganimda, u menga qarab “ajinlaringizni tekislatsangiz bo’lmaydimi”, deb so’raydi”, deya arz qiladi Izabella Rossellini. “Men bunga javoban “yaxshi ham ularni ko’rmayman, ko’zguga kuniga ertalab tishimni yuvayotganimda 5 daqiqa qarayman xolos, deb javob beraman”.

Qizig’i shundaki, “abadiy yoshlik”ni vasvasaga aylantirgan Gollivud endi undan o’zi aziyat chekmoqda. U nafaqat o’zlari va ularni tomosha qilayotganlarda yolg’on umid berib, noto’g’ri fikrlar o’yg’otadi, balki ko’plab san’atkorlarning umriga zomin bo’lib kelmoqda.

M.URUNOV tayyorladi.

“7x7” gazetasidan olindi. Maqoladan foydalanish taqiqlanadi!

Обновлено 04.10.2011 19:34

Просмотров: 176

83-YILLARNING “OSKAR” MUKOFOTI SOVRINDORI, “KOLOMBO” TELESERIALI BOSH QAHRAMONI PITER FALK BEVERLI XILLZDAGI UYIDA OLAMDAN O`TDI! LEYTENANT KOLOMBO UNING SHUHRAT QOZONGAN ROLI BO`LIB QOLDI…

 

Yaqinlari uning o’limi sabablarini aniq aytishmayapti. Ammo o’limidan oldin aktyorni algeymer kasalligi bezovta qilganligi haqida ma`lumotlar bor. Falk hayotining asosiy qismini sun'iy o'ng ko'z bilan yashab o'tdi. Ko'zdan ayrilishiga esa uning 3 yoshligida shishni olib tashlash uchun qilingan operatsiya sabab bo'lgan edi. Aktyor o'zining jismoniy nuqsonini ijodidagi yutuqqa aylantirdi va bu uning "tashrif qog`ozi"ga aylandi.

Aktyorning uzoq davom etgan karyerasidagi eng yulduzli rol “Kolombo” detektiv serialdagi doimo g'ijim plash va lablaridan sigara tushmaydigan, o'ta qiziquvchan leytenant Kolombo roli bo'ldi. Falk faoliyatini politsiyachi obrazi bilan avval Brodvey teatr postanovkasi sifatida qo'yilishga mo'ljallangan "Qotillik qo'llanmasi" telefilmi orqali boshladi. "Kolombo" 1971 yil teleserial bo'ldi, uning postanovkasiga hozirda mashhur bo'lgan rejissyor Stiven Spilbeg o'z hissasini qo'shgan. O'shanda u 25 yoshda edi. Serial keng omma uchun juda maqbul keldi va En-Bi-Si kanali orqali 1977 yilga qadar namoyish etildi. Keyinchalik 1980 yillardan davomi suratga olina boshlandi, lekin namoshishlari baribir Ey-Bi-Si kanali orqali davom etdi.

Nyu-Yorkda tug'ilgan Falk, nafaqat televideniyadagi seriallarda, balki kino va teatrda ham ko'plab rollar ijro etgan. Dastlabki ishlardan biri "Qotillik korporatsiyasi" 1960 yil unga “Oskar”ga erishish uchun hizmat qildi. Keyingi yil esa uni yana "Mo'jizalar hizmatchisi" dagi roli uchun “Oskar”ga nomzodligi qo'yildi. "Kolombo" seriali unga 4 marotaba “Emmi” televezion sovrinining 10 ta nominatsiya bo'yicha sovrindori bo'lishiga sabab bo'ldi. Falk leytenat ampluasida ohirgi marotaba 2003 yilda namoyon bo'ldi. Keyinchalik ham vaqti-vaqti bilan bir qator kino va teatrda rollar ijro etib turdi. Ammo undan so`nggi yillarda hech qanday katta obrazlar kuzatilmadi.

Oilaviy hayotda esa undan Shera ismli rafiqasi bilan 34 yillik turmushidan 2 nafar qizi qoldi.

 

Обновлено 25.06.2011 19:24

Просмотров: 290

XX ASRNING ENG GO`ZAL AYOLI

Mazkur so`rovnomada ikki mingdan ortiq ayollar nomzodi ko`rsatilgan edi.Ikkinchi o`rinni britaniyalik aktrisa va teleboshlovchi Sheril Koul egalladi. U 2010-yilning eng zamonabiy ayoli deb ham ta`n olingan edi. Uchinchi o`ringa esa afsonaviy Merilin Monro loyiq ko`rildi.

"Tiffanida nonushta" filmi yulduzi, Gollivud aktrisasi va fotomodel Odri Xyopbern XX asrning eng go`zal ayoli deb ta`n olindi.

Bu nom aktrisaga QVS onlayn magazini o`tkazgan so`rovnoma natijasiga ko`ra berildi.

 

Demak ilk o`ntalik:

  1. Odri Xyopbern
  2. Sheril Koul
  3. Merilin Monro
  4. Anjelina Joli
  5. Greys Kelli
  6. Skarlett Yoxansson
  7. Xolli Berri
  8. Malika Diana
  9. Kelli Bruk
  10. Jenifer Eniston

Обновлено 04.07.2010 08:01

Просмотров: 996

Mashhurlar hayotidan. MOTSARTDAN SADAQA SO`RAGAN GADO HIKOYASI. GYOTE va MOTSART UCHRASHUVI!

Saxiylik... Vena ko’chalaridan birida bir tilanchi Motsartdan sadaqa so’radi. Kompozitorning cho’ntagida puli yo’q edi. U gadoni shu yaqin o’rtadagi qahvaxonaga olib kirdi. Stol atrofiga o’tirishgach, cho’ntagidan qog’oz chiqarib menuet yozdi-da, uni tilanchiga uzatdi. Gado Motsart aytgan joyga menuetni olib borarkan, o’zicha “Hoynahoy bu odam meni laqillatgan bo’lsa kerak”, deb o’ylardi. Ammo manzilga yetib kelgach, taajjubdan lol qoldi: manzilda ismi ko’rsatilgan noshir gadoning qo’lidan qog’ozni olib unga beshta oltin tanga berdi.
So’ramagan edi... Bir yigit Motsartdan, simfoniya qanday yoziladi, deb so’radi.
— Simfoniya yozish uchun hali yoshsiz. Ijodingizni ballada yozishdan boshlasangiz yaxshi bo’lardi.
U esa norozilik bildirib dedi:
— Axir o’zingiz ham o’n yoshga kirmasdanoq simfoniya yozgandingiz-ku.
— Ha, — dedi Motsart, — ammo men o’shanda simfoniya qanday yoziladi, deb hech kimdan so’raganim yo’q edi-da.
Daholarga oson. Yetti yoshli Motsart Frankfurtda konsert berayotganida uning yoniga o’n yoshli notanish bola kelib:
— Ajoyib ijrochilik mahorating bor ekan! Men hech qachon bunday chalolmasam kerak, — dedi.
— Nega? Sen avval bir urinib ko’r-chi. Agar chiqmasa nota yoza boshla, — deya javob qaytardi u.
— Men she’r yozaman-da, — deydi ikkinchisi.
— Bu juda qiziqarli. Yaxshi she’r yozish musiqa yozishdan ancha qiyin bo’lsa kerak-a? — so’radi Motsart.
— Yo’q, judayam oson. Sen bir yozib ko’rgin-a... dedi sherigi.
Motsartning o’sha suhbatdoshi Volfgang Gyote edi.

Alisher Sa’dulla tayyorladi

Maqoladan foydalanish taqiqlanadi!

Обновлено 17.06.2011 19:47

Просмотров: 366

GIBRALTARLIK "DUNYO GO`ZALI"

JARning Yoxannesburg shahrida o`tkazilgan navbatdagi jahon go`zalini aniqlash marosimida Gibraltarlik 22 yoshli Kayane Aldorino g`alaba qozondi. U 111 raqibalarini dog`da qoldiriv "Dunyo go`zali"ga beriladigan tojni o`ziniki qilib oldi. Meksikalik Perla Beltran ikkinchi, JARlik Tatum Keshvar uchinchi deb topildi.

Обновлено 13.12.2009 09:34

Просмотров: 1603

2006-2012 Mashhur.Uz

Top Desktop version