Mashhur.uz

Switch to desktop Register Login

TANLOVGA PUXTA HOZIRLIK KO`RILMOQDA

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 25 avgustdagi qaroriga asosan ta`sis etilgan "Nihol" mukofoti ko`rik-tanlovi navqiron iste`dod egalarini kashf etish va har tomonlama qo`llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

Uch bosqichli tizimda o`tkazib kelinayotgan ushbu tanlovning geografiyasi kengayib, nufuzi yildan-yil oshmoqda. Olis-olis qishloqlardagi iqtidor egalariga ham katta san`at yo`liga chiqish uchun keng imkoniyat yaratilayotir. O`tgan yili Jizzax viloyatida tanlovning saralash bosqichlarida oldingi yillardan deyarli ikki baravar ko`p " ming nafardan ziyod yigit-qiz ishtirok etdi.

Ayni kunlarda viloyatda ushbu tanlovga tayyorgarlik ishlari qizg`in borayotir. Shahar va tumanlarda malakali mutaxassislardan tuzilgan ishchi guruhlari iste`dodli yoshlarni saralash va elga manzur bo`ladigan yangi asarlar yaratishga ko`maklashish ishlarini olib bormoqda. Bu yo`nalishda asosiy e`tibor ishtirokchilarning ijro mahorati va ko`nikmasini oshirishga qaratilayotir. Iqtidorli yigit-qizlar turli ko`rik-tanlov va konsertlarga faol jalb etilyapti. Bu borada "Yagonasan, muqaddas Vatan!", "Qalbimda Vatan madhi", "Bolalik bahori", "Yangi avlod", "Kelajak ovozi" kabi tanlovlar mahorat maktabi vazifasini bajarmoqda.

" "Nihol" mukofoti uchun nomzodlarni tanlashda ularning ayni damgacha erishgan yutuqlari inobatga olinmoqda, " deydi Jizzax viloyati madaniyat va sport ishlari boshqarmasining madaniy-ma`rifiy ishlar va xalq ijodiyoti ilmiy-amaliy markazi rahbari Sodiq Lutfullayev. " Yosh ijodkorlarni rag`batlantirish maqsadida viloyat miqyosida qator badiiy tadbirlar tashkil etilayotir. Har yili o`tkazib kelinayotgan "Bahor taronalari" tanlovi, bolalar va o`smirlar xor jamoalari ko`rik-festivali, maktab, kollej va akademik litseylar o`quvchilari o`rtasida "Orzuimga qanot bergan qishlog`im" san`at bayramlari ham "Nihol" mukofotiga munosib nomzodlarni aniqlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. O`tgan yili Do`stlik, Zafarobod, Zomin, G`allaorol va Forish tumanlarida o`tkazilgan bunday tanlovlar san`atning barcha yo`nalishlarida iste`dodli, o`z uslubiga ega yoshlarning ko`pligini ko`rsatdi. Birgina G`allaorol tumanida 200 nafardan ziyod "Nihol" mukofotiga nomzod ro`yxatga olingani ham buning dalilidir.

"Nihol" mukofoti ko`rik-tanlovining viloyat, shahar, tuman bosqichlari ishtirokchilari soni ortib borayotgani, ayniqsa, qishloq yoshlarining safi kengayayotgani kishini quvontiradi.

" Iste`dod bolalikdan shakllanib, sayqal topadi, " deydi Akademik va xalq badiiy jamoalari direksiyasi Jizzax viloyati bo`limi rahbari Boymat Hasanov. " Yosh avlodning ma`naviy olami va madaniy saviyasini yuksaltirish, ularni milliy va jahon musiqa madaniyatining yuksak namunalaridan bahramand etishda bolalar san`at maktablari va san`at kollejlarining o`rni katta. Bugungi kunda viloyatimizda san`at kolleji va barcha qishloq tumanlarda bir nechtadan san`at maktablari faoliyat ko`rsatmoqda. Mazkur san`at bilim dargohlarini bitirib chiqayotgan har bir yigit-qizga o`z salohiyatini namoyon etishi uchun ko`maklashish dolzarb vazifa hisoblanadi. Toki, viloyatimiz yoshlari ham "Nihol" mukofoti sovrindorlari safidan ko`proq o`rin olsin, katta sahnalarda jozibali qo`shiq va raqslari bilan dillarga zavq ulashsin.

O`zA,Toshqul Beknazarov

Обновлено 14.02.2010 10:35

Просмотров: 1354

"IIFA - 2010" SEULDA O`TKAZILADI

1-marta o`tkazilayotgan IIFA (International Indian Film Academy) bu yil Janubiy Koreaning poytaxti Seul shahrida o`tkaziladi. 2011-yili esa mazkur marosim Kanada poytaxti Toronto shahrida o`tkazilishi rejalashtirilgan.Akademiyaning faxriy prezidenti Amitabx Bachchan sanaladi. Shouning tashkiliy ishlari bilan esa "International Entertainment Pvt. Ltd." kompaniyasi shug`ullanadi.
Xitoyning Makao shahrida o`tkazilgan 10-yubiley marosimini butun dunyo bo`ylab 350 million muxlis tomosha qilishgan edi.
"IIFA" " har yili turli shaharlarda nishonlanadigan yagona taqdirlash marosimi sanaladi. Taqdimotni dunyoning turli chekkalarida o`tkazishdan maqsad Bollivud filmlarini dunyo bo`ylab yoyishdan iborat. Marosimda kinoyulduzlar va kinosanoatning yirik namoyondalari ishtirok etadi.

Обновлено 04.02.2010 12:33

Просмотров: 1139

FIPRESSI

Fipressi - xalqaro kinopressa federatsiyasi. 1930-yilda Parijda asos solingan. Hozirgi kunda uning bosh qarorgohi Italiyada joylashgan. 2005-yildan beri federatsiya prezidenti Andrey Plaxovdir.
Fipressi 80 ta xalqaro kinofestivallarda o`z mukofotini beradi. Jamiyatning rasmiy tili ingliz va fransuz tillaridir.

Обновлено 29.10.2009 14:15

Просмотров: 1385

TORONTO KINOFESTIVALI

Xalqaro Toronto Kinofestivali - The Toronto International Film Festival " 1976-yildan beri har yili Kanadaning Toronto shahrida o`tkaziladi. Hozirgi kunda festival Kanada ishchilari kuni o`tganidan keyingi birinchi payshanbadan boshlanadi. Bu sentabr oyiga to`g`ri keladi. Festival 10 kun davom etadi.
Festival juda yirik mashtabda o`tkazilib, 2007-yilda mazkur festival doirasida 4156 ta film ko`rilgan edi. 55 mamlakat kino ustalari tomonidan suratga olingan 349 film esa saralab olingan edi.

Обновлено 29.11.2009 09:56

Просмотров: 1359

FLAERTIANA

Flaeritiana " hujjatli filmlar festivali bo`lib, film qahramonlari film hayotida yashashi bilan ahamiyatga moyildir. Bu yo`nalishdagi ilk filmni 1922-yilda Robert Flaerti suratga olgan. Shu sababli festival ham aynan uning nomi bilan atalgan.
Marosim 1995-yildan beri Permdagi "Yangi kurs" studiyasida o`tkaziladi. 2006-yildan beri esa xalqaro darajaga ko`tarildi. Shundan boshlab har yili o`tkazib kelinmoqda. Marosim bosh mukofoti "Oltin Nanuk" deb nomlanadi. Festival davomida kinoijodkorlarning hujjatli filmlari namoyishi ham bo`lib o`tadi.

Обновлено 25.10.2009 14:04

Просмотров: 997

2006-2012 Mashhur.Uz

Top Desktop version