Mashhur.uz

Switch to desktop Register Login

GURKAN UYG’UN: “O`TKIR QARASHNI YIRTQICH QUSHLARDAN O’RGANGANMAN”. “QASHQIRLAR MAKONI”DAGI MEMATI BILAN EKSKLYUZIV SUHBAT

Uning birgina «yeb qo’yguday» nigoh tashlashi butun badaningni muzlatib yuboradi. Go’yoki ajal ro’parangda turgandek, o’zingni ojiz sezasan. Ismi ham dahshatli – Memati («o’lim» ma’nosini bildiradi). Lekin uning bu qadar nafratli qarashlariga e’tibor qilmang. Memati ham siz va biz kabi oddiy odam. Faqat u o’ziga berilgan rolni maromiga yetkazib ijro etgan. Bu so’zlarimga «Qashqirlar makoni»ning Mematisi – Gurkan Uyg’un bilan uyushtirgan suhbatimiz davomida amin bo’lasiz.

DEBYUT: SINFDA QOLISH

Avvalo o’quvchilarni kino san’atiga kirib kelishingiz qiziqtiradi?

— Litseyda o’qiyotgan paytimda, bilim yurtimizda «Bir Amerikali» asari sahnalashtirilayotgandi. Ushbu asar litsey rahbariyati va o’quvchilarga taqdim etiladigan kun rol ijro etayotgan sinfdoshim qandaydir sabab bilan kelmay qolgandi. Shunda rejissyor «Endi uning o’rnini kim egallaydi?», deb bizga muztar qarab qoldi. Men esa hech ikkilanib o’tirmay, qo’limni ko’targanman. Sifdoshimning rolini hech qanday tayyorgarliksiz ijro etgandim. Bilasizmi, shundan keyin litseydagi teatrga shu qadar bog’lanib ketibmanki, bu yoqda o’qishim ham qolib ketibdi. O’sha yili sinfdan-sinfga ko’cha olmaganman.

Memati roli shaxsiy hayotingizda nimalarni o’zgartirdi?

— Qaysi tomondan boqishimizga bog’liq. Siz nazarda tutayotgan pul masalasi, ya’ni «Shu ijrodan keyin juda boy bo’lib ketgandirsiz?», deb so’rashga andisha qilib turganingizning o’zi men uchun bir baxt. Negaki, tomoshabinni «Qashqirlar makoni»dan ishlab topgan boyligim emas, Mematining xarakteri, «og’a»siga sodiqligi qiziqtirishiga ishondim. U meni bir zumda elga mashhur qilib yubordi. O’zim kutmagan mashhurlikka erishdim.

 

«MEMATI HAM MENING SEVIMLI QAHRAMONIM»

Darvoqe, Mematining nigohi to’la nafrat. Bunday «qotilona qarash»ni qayerdan o’rgandingiz?

— Rejissyorimiz «Memati shunday obrazki, dushmanlari uni ko’rganida o’lim sharpasini sezishsin», degandi. Shundan keyin men qamoqxonalarga bordim. O’ta xavfli maxbuslarni kuzatdim. Lekin birortasida ham men istagan «nigoh»ni ko’rmadim. Bir kuni National Geography ko’rsatuvi yirtqich qushlar haqida lavha berdi. Shunda burgut, lochinlarning ov qilish jarayonidagi ko’zi qanday ko’rinish olishiga e’tibor qaratdim. Mematining «qotil nigoh»i aynan yirtqich qushlardan olingan.

Ajoyib! Memati ko’rinishidan dahshatli bo’lsa-da, nega uni hamma yaxshi ko’radi?

— Oddiy haqiqat: barcha inson adolatli, sodiq, shu bilan birga bir so’zli bo’lishni xohlaydi. Biroq o’zlariga qoida qilib olgan aqidani har doim ham uddasidan chiqa olishmaydi. Memati so’zida tura oladigan, boshiga o’lim soya solib turganda ham og’asiga sodiq qolgan haqiqiy yigit kishi. Shundanmi, u barchaning sevimlisi.

Ko’rinishingiz Mematiga o’xshab ketibdi. Hayotda ham u kabimisiz?

— Mematini o’ynaganimdan keyin men o’xshamay, kim o’xshasin?! Lekin hayotda u kabi qattiqqo’l, qo’pol muomalali emasman. Birovning ko’ngliga ozor berish qo’limdan kelmaydi. Agarda shunday holat yuz bersa, ikki-uch kun vijdon azobida qiynalaman. Ekranda shu kungacha Memati 300dan ortiq qotillikni amalga oshirdi. Hayotda, biror kishini o’ldirish qo’limdan kelmaydi. Meni hursand etgani, serialda Mematining «o’ldirgan»lari bir zum o’tmay, yana oyoqqa turib ketishidir. To’g’ri, Memati ham mening sevimli qahramonim. Lekin u «yo’q»dan «bor» qilingan.

QALBI «YOPIQ» EMASMAN

Mematining «Erkak kishi sog’inmaydi, sog’intiradi!», degan gapi yigitlar orasida shiorga aylanib ketgan. O’zingiz ham shunga amal qilasizmi?

— Qalbi «yopiq»lar toifasiga kirmayman. Ammo tuyg’ularimni oshkor etishda iymanaman. Buni ayolimdan boshqasi anglay olmaydi. U bir qarashimdayoq, mehrimni ham, nima demoqchi ekanligimni ham sezadi.

Endi sizga komedik rollar yarashmasa kerak-a?

— Nega endi? Yaqinda teatrda bir asar sahnalashtirdik. Unda men komik qahramonni ijro etdim. Hamkasblarim «Zo’r o’ynading», deyishganidan bildimki, demak, bir joyda qotib qolmabman.

Eshitishimcha, sizda nodir klassik musiqalar va haykallardan iborat kolleksiya bor ekan?

— Sizga to’liq va aniq ma’lumot berishmabdi. Birinchisi, to’g’ri. Nodir klassik musiqalardan iborat 600dan ortiq kolleksiyam bor. Ikkinchisi esa noto’g’ri. Men haykallarni yig’mayman. Ularni o’zim yasayman. Haykaltaroshlikka da’voim yo’q. Bu - mening xobbim. Bo’sh vaqtlarimda, tasavvurimdagi g’oyalarni toshlarda namoyon etgim keladi.

 

«OSHIQ BOLA»DAN MASHHURLIKKA

Gurkan Uyg’un birdaniga mashhur bo’lib ketmagandir, degan shubhaga borgan turkiyalik hamkasblarimiz uning tarixini bir-bir «titkilashib» chiqishdi. Va qiziq ma’lumotga duch kelishdi. «Qashqirlar makoni»ning Mematisi Turk estrada yulduzi Yulduz Tilbening 1995 yilda chiqargan «Tillarda doston» albomidagi «Voz kechdim» qo’shig’iga ishlangan klipda suratga tushganini aniqlashdi. Ushbu klipda Gurkan Uyg’un oshiq yigit rolini ijro etgan. U o’sha paytda 21 yoshda edi. Yulduz Tilbe xonishida qizning sevgilisi bo’lib ko’ringan yigit shu klipdan keyin rejissyorlar nazariga tushdi. 1996 yilda «Totli qo’shiqlar», keyin «Shunday bo’ladimi?», «Yettinchi raqam», «Telba yurak» kabi filmlarda suratga tushdi.

 

KUYOVJO’RA – NЕJATI SHASHMAZ

Gurkan Uyg’un mashhurlikda o’zidan qolishmaydigan, televideniyeda «Bizni kimdir nishonga olyapti» (Biri bizi gozaltiyorBBG) ko’rsatuvi boshlovchisi Shabnam Jaylon bilan oila qurgan. Ikki yulduzning bir kun oldinga surilgan nikoh oqshomidan hattoki, tezkor jurnalistlar ham bexabar qolishgan ekan. – Biz visol bazmimizni ommaga oshkor qilishni xohlamadik. Shu bois ham shanbaga belgilangan kechani juma kuni o’tkazdik, deydi Shabnam xonim. - To’yimizni ko’rgani kelgan odam «Bu yerda «Qashqirlar makoni»ning navbatdagi qismlari suratga olinyapti», deb o’ylashi tayin edi. Ziyofatga taklif etilgan 300 nafar mehmonning 90 foizi shu serial qahramonlari edi.

Gazetalarning yozishicha, «Memati»ning kuyovjo’rasi Po’lat Alemdar ijrochisi Nejati Shashmaz bo’lgan ekan.

Hozirda Gurkan Uyg’unning ikki nafar farzandi bor.

Dilmurod PARPIYЕV mashhur.uz uchun maxsus tayyorladi

Обновлено 10.01.2012 11:16

Просмотров: 113

TЕMIRNING SARATON KASALLIGA DAVO IZLASH BOSHLANDI. EHSON O`Z UYINI TARK ETDI. ARSLON INJINING KO’NGLINI OLISHGA TUSHADI.(“Osiyo” seriali qizigandan qiziyapti…)

Temir Osiyodan uzoqlashishga harakat qilsa-da, his-tuyg’ulari, muhabbati bunga yo’l qo’ymaydi. U saratondan davolanishni darhol boshlashi lozim, biroq sevgilisi va qizini tashlab ketolmaydi. Osiyo esa Temirning nimadan bunchalik bezovtalanayotganini bilolmay ovora.

Temirning kasalligi haqidagi gaplar tarqala boshlaydi. Temir Osiyo bilan baxtli onlarni kechirayotgan bir paytda xolasi unga yordam berish yo’lini qidira boshlaydi. Oqibatda Suhaylo, Ehson va Haydar Temirga iligini berishga qaror qilishadi va pinhona Istanbulga borib, qon topshirishadi.

Suhaylo hamda Haydarning yaqinlashuvi Narimon va Namiqda shubhalar o’yg’otadi. Ular ikkalasi yana til topishgan, degan fikrga borishadi.

Dafna va Karim o’rtasida muhabbat alanga oladi. Karim yana Dafnaga uylanmoqchi.

Arslon Injining ko’nglini olishga tushadi. Bu esa shifokorni faqat zavqlantiradi, xolos.

Ko’p yillardan so’ng Osiyo va Temir bir-biriga shu qadar yaqinlashishdiki, ortiq sevgiga qarshilik ko’rsatishga madori qolmagan Osiyo nihoyat muhabbatga, baxtga erishdim, deb turgan bir paytda Temirni bo’lajak ayriliq xayollari qiynaydi. Osiyo yana turmush qurish haqida so’z ochadi. Temir nima deb javob berishni bilmaydi. Axir xastaligini sevgilisidan yashirayotgani unga qimmatga tushishi mumkin.

Ehson Suhaylo bilan Istanbulga nima sababdan borganini aytolmaydi. Narimon erini xiyonatda gumon qiladi. Ehsonning uydan ketishdan boshqa iloji qolmaydi. Suhaylodan xafa bo’lgan Namiq ham uyni tark etadi.

Karim uzuk xarid qilib, Dafnaning qo’lini so’rash uchun uning uyiga keladi. Zafar esa Karimni yo’lidan olib tashlash niyatida.

Temir og’ir ahvolda. Dard tufayli u Osiyoga uylanolmaydi. Sevgilisi xavotirlanmasligi uchun xastaligi haqida ham aytib berolmaydi. Osiyo esa undan shubhalana boshlaydi. Temirning Inji bilan Istanbulga borishi so’nggi tomchi bo’ladi.

Обновлено 16.10.2011 18:33

Просмотров: 154

"UCH SAVDOYI" "MENING ISMIM XON"NI HAM ORTDA QOLDIRDI!

Ayni paytda Bollivud dunyosida "Uch savdoyi" filmi eng yuqori o'rinlarni zabt etib turibdi. Hatto u byudjet jihatidan Hindiston bo'yicha "Mening ismim Xon" filmidan ham o'tib ketdi. Qolaversa, bu kartina "Bollivud"da erta tongdan premera qilingan ilk film hisoblanadi.

DO'STLARDAN KO'RA, DEBYUT MA`QUL

O'tgan hafta Amir Xon Karan Johar va "Yash Raj films"ning takliflarini rad etdi. Aytishicha, unga ssenariylar yoqmagan emish. Hayratlanarlisi esa Amir Xon do'stlarining takliflarini rad etib Farxan Axtarning yordamchisi suratga olayotgan debyut filmga rozilik bildirdi. Qiziq, u asistentning filmidan nima kutyapti? Bu savol esa butun Bollivud olamida aylanib yuribdi. Bu borada Amir Xon shunday deydi: " Do'stlarimni hurmat qilaman, xafa bo'lishmasinu ammo ularning ssenariylarida o'zimni ko'rolmadim. Men esa o'z o'rnim bo'lmagan filmlarda suratga tushmayman.

Обновлено 23.11.2010 18:26

Просмотров: 551

BOLLIVUD va GOLLIVUD ENDI O'ZARO HAMKOR!

Amerika kino assotsiatsiyasining xabar berishicha Amerika va Hindiston kino kinokompaniyalari o'zaro hamkorlik to'g'risida shartnoma tuzishdi. "Paramount Pictures Studios" hududida imzolangan ushbu shartnomaga AQSH tomonidan Los-Anjeles hukumati, Hindiston tomonidan esa Hindiston kinofederatsiyasi, mahalliy kino Gildiyasi va teleprodyuserlar qo'l qo'yishdi. Imzolangan shartnoma shartlariga ko'ra har ikki tomon ham bir-birlari hududida o'z bo'limlarini ochishadi va mualliflik huquqlarini himoyalashadi. Har ikki o'rtaga esa nazorat organi tashkil etiladi. Los Anjeles merining aytishicha 2010 yilda Los Anjelesda "Mening ismim Xon" va "Varrak" filmlari suratga olingan ekan.

Fakt: Hindiston kinosanoati bo'yicha hozir jahonda yiliga 1000 ta film suratga olishi bilan birinchi o'rinni zabt etib turibdi. Ikkinchi o'rinda Nigeriya, uchinchi o'rinda esa AQSH. Demak, hamkorlik bu dunyoda hademay kinosanoati davri boshlanishini bildirmoqda.

Обновлено 18.12.2010 19:29

Просмотров: 574

Bollivud. SONAM KAPUR BIRINCHI O'RINDA

Yosh aktrisalar orasida Bollivudda bugun Anil Kapurning qizi Sonam Kapur birinchi o'rinda. U suratga tushgan "Aisha" kartinasi ham ancha ommalashib qoldi. Bu filmga uning otasi Anil Kapur prodyuserlik qilgan. Ochig'i, ota o'z qizi uchun juda e'tibor bilan ishlayapti. Ya'ni ssenariylargacha o'zi tanlayapti. Shuning uchun ham Sonamning turli filmlarda suratga tushishi taqiqlangan.

O'ZI EMAS, ONASI va SINGLISI

Saif Alixon navbatdagi prodyuserlik ishini boshladi. Yodingizda bo'lsa u ilk marotaba "Sevgi: kecha va bugun" filmiga prodyuserlik qilgandi. Unda Saif Alixonning o'zi bosh rolda hamkorini esa Dipika Padukoni ijro etgan edi. Navbatdagi filmda esa Saifning o'zi suratga tushmaydi. Balki uning singlisi Soxa Alixon suratga tushishi mumkin ekan. Hatto maxsus taklif bilan Saifning onasi Sharmila Tagor ham suratga tushishi rejalashtirilgan. (ma'lumot: Sharmila Tagor mashhur yozuvchi Robindranat Tagorning jiyani)

Обновлено 21.11.2010 08:27

Просмотров: 547

2006-2012 Mashhur.Uz

Top Desktop version